Prezident 6 iyul kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra «Nukus» erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar bo‘sh yer maydonida 30 yil muddatga «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasi tashki qilinadi. Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.

Texnoparkning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari kapital qo‘yilmalar limitlarini ajratadi. Bu 2023−2024 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish choralari ko‘riladi.