Yosh san’atkor Shokhrullo Abdullayev “TBRG Open” xalqaro loyihasining O‘zbekiston nomidan ishtirokchisi deb e’on qilindi. Unga Los-Andjelesda Jeyson Derulo mentorlik qildi.
“TBRG Open” olti yildan beri butun dunyo bo‘ylab san’atkorlar va muxlislar uchun noyob imkoniyatlar yaratish uchun musiqa kuchidan foydalanmoqda.
2022 yil butun dunyodan yig‘ilgan yosh san’atkorlar Los-Andjelesda Jeyson Derulo bilan studiyada birga-bir vaqt o‘tkazishdi va ijro, ishlab chiqarish, bastakorlik hamda musiqa sohasidagi muvaffaqiyatga ta’sir etuvchi faktorlarni muhokama qilishdi. Shundan so‘ng, har bir san’atkor Los-Andjelesning eng mashhur musiqa maskanlaridan biri bo‘lgan “Wiltern Theatre” sahnasida Jeyson Deruloga o‘z ijrosini namoyish qildi.
“Musiqa sohasida qo‘llanmaga ega hech qanday kitob mavjud emas, shuning uchun agar siz musiqachi bo‘lishni istasangiz, bu faqat o‘zingizga bog‘liq. Agar sizning yo‘lingizda katta tajribaga ega bo‘lgan san’atkor uchrasa, bu sizga katta yordam berishi mumkin. Mazkur loyihada aynan shu jihat menga yoqadi. Menimcha, agar menda shunday tajribali mentor bo‘lganda, men kamroq zarbalarga duch kelgan bo‘lardim. Men ushbu iste’dodli artistlarning shakllanishida ishtirok etishimdan xursandman”, — dedi Jeyson Derulo o‘zining “TBRG Open” dagi ishtiroki haqida.
“Men uchun eng esda qoladigan damlardan biri Jeysonga qo‘shig‘imni taqdim etganimdan so‘ng, u bilan suhbatlashganim bo‘ldi. Biz qo‘shiqning har bir detalini muhokama qildik, u bir qancha tavsiyalar berdi, men ularning ustida uyga qaytgach ishlayman. Uning maslahatlari men uchun qadrli, u katta yulduz bo‘lishiga qaramasdan juda kamtar inson”, — deya loyihadagi ishtiroki taassurotlari va ustozi haqida so‘zlab berdi Shokhrullo Abdullayev.
2022 yilda Shokhrullo Abdullayev bilan birga “TBRG Open” da Dee MS (Hindiston), BEK (Nepal), Halko (Turkiya), Iva Lorens (Serbiya) va Stoposto (Bosniya) ishtirok etdi. Ularning har biri loyiha ko‘magida Jeyson Derulo`ga namoyish etgan treklari ustida ishlashda davom etadi.
“TBRG Open” dan insonlarni musiqa orqali “ko‘proq ochiq” bo‘lishga va o‘zlarining qulaylik zonasini tark etishga undash uchun platforma sifatida foydalaniladi. Musiqa olamida bu turli madaniyat va millatga mansub ijrochilar va muxlislarni birlashtirib, yangi tajribalar yaratishni anglatadi.
Har yili “TBRG Open” butun dunyodagi san’atkorlar bilan hamkorlik qilish uchun xalqaro musiqa yulduzini tanlaydi.
2017 yildan beri “TBRG Open” loyihasida Devid Getta, The Chainsmokers, Major Lazer, Clean Bandit, Diplo va MØ kabi buyuk musiqachilar qatnashdi. Loyiha doirasida san’atkorlar xitga aylanadigan va butun dunyo bo‘ylab millionlab tinglovchilarni birlashtira oladigan qo‘shma musiqalarni yaratadilar.
O‘tgan yillardagi hamkorliklar davomida ijrochilar quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
- Major Lazer bilan “The TBRG Beat” — san’atkorning noyob ritmidan foydalangan holda o‘z qo‘shiqlarni yaratish;
- Diplo va MØ bilan “Stay Open” — musiqani o‘rganishdan yangi tajriba olish;
- Clean Bandit bilan “Going To Shuffle” — hamkorlik jarayonida yangi musiqa va tajribalarni kashf etish;
- The Chainsmokers bilan “An Irresistible Beat” — Sick Boy to‘plamidagi unutilmas Hope biti yordamida yangi musiqa yaratish;
- Devid Getta bilan “Music Unites” — “Get Together” qo‘shig‘i bilan butun dunyo bo‘ylab odamlarni birlashtirish uchun musiqa kuchini targ‘ib qilish.
“TBRG Open`2022” yangiliklarini loyihaning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.
Facebook: fb.com/TBRGOpen.uz
Instagram: @tbrgopenuz
Reklama huquqlari asosida.