Metroning «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati 11 iyuldan 18 iyulga qadar vaqtincha ishlamaydi. Bunga Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon yo‘l o‘tkazgich qurilishi sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda Metropoliten matbuot xizmati.

Bu vaqt ichida yo‘l o‘tkazgichning metropoliten «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishining 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalari o‘rnatiladi. Yo‘nalishda poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, 11 iyul kunidan avgustga qadar yo‘nalishda poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga ishlaydi.