O‘zbekiston va YeI o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitimni parafirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni dastlabki imzolash marosimi o‘tkazildi. Ushbu hujjat 1996 yilda qabul qilingan bitimning o‘rnini egallashi va tomonlarning hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

1 sentabrdan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma onlayn расмийлаштирилади

1 sentabrdan boshlab avtotransportni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtiriladi va uni notariusdan tasdiqlash talab etilmaydi. Bir oylik ishonchnoma uchun to‘lov 90 ming so‘m, uch yillik uchun esa 900 ming so‘mni tashkil qiladi.

Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi

1 sentabrdan 2025 yilga qadar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida qaraladi va ularning faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab esa bekor qilinadi.

Yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malakasini oshirish talabi bekor qilindi

Prezident qarori bilan ikki yilda bir marta yuridik shaxslar haydovchilarining majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi. Qolaversa, endi fuqaro o‘z mashinasini taksichilik uchun yuridik shaxsga ijaraga berganda notarial tasdiqlashi shart bo‘lmaydi.

Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

Hukumat qarori bilan hakamlarga malaka toifalari Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali taqdim etilishi belgilandi. Hakam arizaga ish joyi bergan taqdimnomani ilova qilishi lozim, xizmat narxi 300 ming so‘mni tashkil etadi.

Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi

O‘zbekiston prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, o‘g‘itlash, sug‘orish, suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Shuningdek, xususiy urug‘chilik klasterlari tashkil etiladi.

Tuman va shaharlarda ipoteka markazlari ochiladi

Prezident ipoteka kreditlarini ajratishda byurokratiyani kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 1 sentabrga qadar aholiga har tomonlama xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazlarini tashkil etish topshirildi.

O‘zbekiston YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.

Buxorodagi yettita obyekt Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasi — Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi zaharlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Oilaviy korxonaga tegishli uchta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. SSV vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

Metro Qurbon hayiti kuni bir soatga vaqtliroq ish boshlaydi

9 iyul kuni Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan boshlaydi.

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati bir haftaga yopiladi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopiladi. Qolaversa, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar masalalari muhokama qilingan.

Hududlarning bosh va master rejalari 3 bosqichda ishlab chiqiladi

Prezident loyihalash va qurilish sohasida yangi tizimni e’lon qildi. Hududlarning bosh va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika kengashi tuzilmoqda. Ular 3 bosqichda tashkil qilinadi. Bosh arxitektor lavozimi joriy etildi, shaharsozlik qoidalaridan 147 ta norma va boshqalar chiqarib tashlanmoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan fotomaterial:

Nukusdagi tibbiyot markazidan «Gazeta.uz» reportaji

Nukus voqealarida jabrlanganlar orasida o‘qotar quroldan yaralanganlar ham bor. Kuch tuzilmalari jangovar o‘q-dorilardan foydalanilganini rad etmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri Shoshilinch yordam markazida yaradorlar bilan suhbatlashdi. Harbiylar ham qanday yaralangani haqida so‘zlab berdi.

IIV Nukusdagi namoyishchilarni tarqatish vositalarini namoyish etdi (+foto)

Nukusdagi namoyishlarni tarqatish uchun maxsus vositalar qo‘llanilganidan bir necha kun o‘tib O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ushbu vositalar qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videoni e’lon qildi. «Gazeta.uz» ushbu vositalar suratlari va ulardan foydalanish oqibatlarini e’lon qilmoqda.