The Financial Times nashrida chop etilgan maqolada O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi haqida ma’lumot qayd etilgan.
Maqolaning asosiy tezislari:
- xususiylashtirishning hozirgi bosqichi avvalgisidan farqi shundaki, O‘zbekiston hukumati davlatning iqtisodiyotdagi o‘rnini maqsadli ravishda qisqartirmoqda;
- 2021 yilda xususiylashtirish ko‘lami 2020 yilga nisbatan 8 va o‘tgan to‘rt yilga nisbatan 3 baravar ko‘pligi hukumatning qat’iyatidan dalolat beradi;
- xususiylashtirish ko‘lami yer islohotini ham qamrab oldi.
- jismoniy va yuridik shaxslar E-auksion elektron savdo platformasi orqali doimiy foydalanish va ijaraga berish huquqida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olish hamda yerni moliyaviy aktiv sifatida ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
- «Farg‘onaazot» AJ kuchli moliyaviy ko‘rsatkichlarni namoyish etdi: u 2020−2021 yillarda daromadlarni ikki baravarga va EBITDA ni 72 foizga oshirdi.
Ingliz tilida maqolani The Financial Times saytida, rus tilida esa Davlat aktivlarini boshqarish angentili saytida o‘qish mumkin.
Telegram: t.me/DAVAKTIVUZ
Facebook: fb.com/davaktiv.uz
Instagram: @davaktiv_uz
YouTube: Davaktivuz
Reklama huquqlari asosida.