Yuridik shaxslar haydovchilarining ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinmoqda. Bu prezidentning 7 iyuldagi tegishli qarorida keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, bu qaror aholi tomonidan kelib tushayotgan takliflar asosida qabul qilingan.

Bundan tashqari, fuqaro tomonidan o‘zining avtomobilini yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi ham bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qo‘yiladi.