«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi kelgusi dam olish kunlari uchun Toshkent shahridagi avtobuslar harakat jadvalini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari (9 va 10 iyul) avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha harakatlanadi.

11 va 12 iyul — qo‘shimcha dam olish kunlarida esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvalga amal qilinadi.

Ish kuni bo‘ladigan 16 iyul shanba kuni avtobuslar ish kunlari jadvaliga muvofiq harakatlanadi.