“Qulay, sokin hayot ko‘pchilikni qanoatlantiradi. Meni esa yo‘q”
Bastakor Aziza Sodiqova — O‘zbekistondan ko‘chib ketish va Yevropadagi musiqiy karyera haqida
Aziza Sodiqova – bastakor. Toshkentda tug‘ilgan, Berlinda yashab, ijod qiladi, Yevropaning yirik konsert zallari va festivallarida yangraydigan opera va orkestr asarlarini yaratadi. “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida undan Buyuk Britaniya va Germaniya konservatoriyalaridagi o‘qishi, Gollivud ssenariynavisi Lyuk Deyvis bilan hamkorligi haqida so‘radik va yosh musiqachilarga maslahatlar berishini iltimos qildik.
Aziza Sodiqova – bastakor. Toshkentda tug‘ilgan, Berlinda yashab, ijod qiladi, Yevropaning yirik konsert zallari va festivallarida yangraydigan opera va orkestr asarlarini yaratadi. “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida undan Buyuk Britaniya va Germaniya konservatoriyalaridagi o‘qishi, Gollivud ssenariynavisi Lyuk Deyvis bilan hamkorligi haqida so‘radik va yosh musiqachilarga maslahatlar berishini iltimos qildik.
Xorijdagi o‘zbekistonliklar

“Gazeta.uz” tahririyati “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida xorijda tahsil olayotgan yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, chet elda ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbatlarni eʼlon qilib boradi. Biz vatandan uzoqdagi hayot, xorijiy taʼlimni tanlash sabablari va qahramonlar duch kelgan sinovlar haqida suhbatlashamiz.

Aziza Sodiqova
Bastakor
Aziza Sodiqova Toshkentda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi – taniqli bastakor va dirijyor, O‘zbekistonda o‘zbek musiqali teatr asoschilaridan biri Tolibjon Sodiqov. V.Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining fortepiano sinfida tahsil olgan. To‘qqiz yoshida musiqa bastalashni boshladi va bastakorlik sinfiga o‘tdi. Unga mashhur bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy ustozlik qildi.

Musiqiy taʼlimni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining bastakorlik bo‘limida davom ettirdi. Dastlabki ikki yil davomida u taniqli pedagog Tatyana Levinadan organ bo‘yicha tahsil oldi.

1998-yilda “Umid” jamg‘armasi orqali Buyuk Britaniyaning Birmingem Qirollik konservatoriyasiga o‘qishga jo‘nab ketdi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng London Trinity Laban musiqa va raqs konservatoriyasida tahsilni davom ettirdi.
Aziza Sodiqova
Bastakor
Aziza Sodiqova Toshkentda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi – taniqli bastakor va dirijyor, O‘zbekistonda o‘zbek musiqali teatr asoschilaridan biri Tolibjon Sodiqov. V.Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining fortepiano sinfida tahsil olgan. To‘qqiz yoshida musiqa bastalashni boshladi va bastakorlik sinfiga o‘tdi. Unga mashhur bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy ustozlik qildi.

Musiqiy taʼlimni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining bastakorlik bo‘limida davom ettirdi. Dastlabki ikki yil davomida u taniqli pedagog Tatyana Levinadan organ bo‘yicha tahsil oldi.

1998-yilda “Umid” jamg‘armasi orqali Buyuk Britaniyaning Birmingem Qirollik konservatoriyasiga o‘qishga jo‘nab ketdi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng London Trinity Laban musiqa va raqs konservatoriyasida tahsilni davom ettirdi.
2008-yildan buyon Aziza Sodiqova Berlinda yashab, ijod qilib kelmoqda. Uning kompozitsiyalari Shuman, Gaydn, Brams va boshqa klassiklar asarlari bilan bir qatorda Berlindagi Elba va Berlin filarmoniyasi hamda Radialsystem‘dan tortib, Italiyaning Palermo shahridagi Massimo opera teatri va Londondagi Qirollik Albert-xolligacha – Yevropaning eng yaxshi konsert zallarida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturlariga kiritilgan. Sodiqova taniqli dirijyorlar Kent Nagano (AQSH), Omer Meir Vellber (Isroil), Ryudiger Bon (Germaniya) bilan loyihalarni amalga oshirgan. Uch karra “Gremmi” mukofoti sovrindori, skripkachi Xilari Xan (AQSH) 2019 yilgi Yevropa turnesida uning asarlarini orkestr jo‘rligida ijro etdi. Mariinskiy orkestri va Syurix opera teatri solistlari bilan hamkorlik qiladi.

2020-yilda Aziza Sodiqova Londondagi Qirollik Albert-xollida bo‘lib o‘tgan eng mashhur BBC Proms musiqa festivalida ishtirok etish uchun taklifnoma olgan dunyoning eng yaxshi yetti nafar bastakorlaridan biri bo‘ldi.

Qadrdon Toshkentda Aziza Sodiqovaning musiqalari faqatgina 20 yildan ko‘proq vaqtdan beri “Ilhom” teatri sahnalarida ijro etib kelinayotgan “Oq oq qora laylak” («Белый белый чёрный аист») spektaklida yangramoqda. O‘zbekiston orkestrlari vatandoshning asarlari bilan chiqish qilishmagan.
— Xorijga ketgunga qadar bo‘lgan hayotingiz haqida so‘zlab bersangiz.
— Musiqachilar oilasidanman. Bobom – bastakor va dirijyor, O‘zbekiston SSR xalq artisti Tolibjon Sodiqov. U o‘zbek opera sanʼati darg‘alaridan biri bo‘lgan. O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasiga asos solgan. Ammam – Feruza Sodiqova – opera xonandasi. Rejissyor Janik Fayziyev, ajoyib shashmaqom ijrochisi, maqom ansambli solisti Muxabbat Shamayeva va uning turmush o‘rtog‘i, taniqli shoir, bastakor Ilyos Malayevlar qo‘shnimiz bo‘lishgan. Uyimizda tez-tez musiqa kechalari o‘tkazilar, ularda o‘sha davrning ijodkor ziyolilari vakillaridan Munojat Yo‘lchiyeva, Ravshan Namozov ishtirok etishardi. Ana shunday muhitda o‘sganman.
Толибжон Содиқов опера куйловчилари билан.
Olti yoshimda ota-onam meni Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga olib kelishdi. To‘qqiz yoshimda parallel ravishda bastakorlikni o‘rganishni boshladim — o‘qituvchilarim menda bunday qobiliyat borligini payqashdi. Otamning bundan xursand bo‘lganini eslayman.

Dmitriy Feliksovich Yanov-Yanovskiyning bastakorlik bo‘yicha sinfiga o‘tganimdan so‘ng, rivojlanishim butunlay bastakorlik faoliyatiga qaratildi. U mutlaqo boshqa bir musiqa dunyosini ochdi: zamonaviy, avangard. Yanov-Yanovskiy tufayli men “Ilhom” teatriga kirdim va Toshkentda jahon miqyosidagi musiqachilarni jamlagan “Ilhom XX” xalqaro zamonaviy musiqa festivalida ishtirok etdim.

Mark Vayl bilan tanishuv natijasida birinchi jiddiy tajribaga ega bo‘ldim – Abdulla Qodiriy asarlari asosidagi “Oq oq qora laylak” spektakli uchun musiqa yozdim. 18 yoshda edim. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining bastakorlik hamda organ sinflarida tahsil olayotgan edim.
реклама
реклама
Spektakl premyerasi 1998-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tdi. Bir necha kundan so‘ng men Buyuk Britaniyaga uchib ketdim. “Umid” jamg‘armasi menga chet elda o‘qish imkoniyatinini taqdim etdi. Ijodiy yo‘nalishda bir o‘zim bo‘lganligim esimda, boshqa talabalar yoki iqtisodchi, yoki moliyachilar edi. Stipendiya olish uchun ariza berish, ingliz tili bo‘yicha imtihonlarni toshpirish kerak edi. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tilganidan so‘ng mening hujjatlarimni Birmingem Qirollik konservatoriyasiga topshirishdi. Men birdaniga 2-kursga o‘qishga kirdim. Bastakorlik va konsert organi sinfida o‘qirdim.
— Ayting-chi, Birmingem konservatoriyasidagi taʼlimga yondashuv Toshkentdagi o‘qitishdan qanday farq qiladi?
— Yevropa universitetlarining asosiy farqi shundaki, u yerda talabalarga o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun ko‘proq vaqt ajratiladi. Kutubxonaga borasiz, yozuvlar, partituralarni yig‘asiz, mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganasiz — hammasi faqat o‘zingizga bog‘liq. Konservatoriyamizda esa maxsus mashg‘ulotlarda qatnashishimga to‘g‘ri kelardi, masalan, orkestrovka bo‘yicha pedagog o‘quvchilarga materialni tushuntirib berardi.

Yevropada talabalar butunlay mustaqil. Albatta, biz bilan ajoyib mutaxassislar shug‘ullanishgan, lekin ularning vazifasi asosan tavsiya va maslahatlar berishdan iborat edi. Qolgan ishlarni o‘zimiz mustaqil qilardik. Juda ko‘p vaqtimni kutubxonalarda o‘tkazardim. Toshkentda topib bo‘lmaydigan ajoyib yozuvlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Organist sifatida qadimiy barokko, organ musiqasini, bastakor sifatida XX asrning avangard musiqasini o‘rganardim.

Talabalarga to‘liq erkinlik berilardi. Bu har bir bastakor o‘ziga yoqqan yo‘nalishni, xoh folklor musiqasi bo‘lsin, xoh elektron, o‘rganishi mumkinligida ham namoyon bo‘lardi. Bu erkinlikning boshqa tomoni ham bor — faqat eng intizomlilargina muvaffaqiyat qozonishi mumkin edi.
— Birmingem konservatoriyasida kursda yana qancha qiz siz bilan birga tahsil olgan?
— Adashmasam, yana bitta. Asosan erkaklar edi.
— Demak, Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlarida bastakor ayollar kam uchraydimi?
— Ha, gender tengsizligi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri. Bu haqda barcha gazeta va jurnallarda yozilgan. O‘z vaqtida bu Sofiya Gubaydulinani (sovet va rus bastakori, 1991-yildan Germaniyada yashaydi – tahr.) hayratda qoldirgandi, chunki Sovet Ittifoqida bastakor va dirijyor ayollar ko‘p edi.
Berlindagi Radialsystem sanʼat markazida Xitoy davlat teatri Pekin operasi orkestri bilan
“Nibelunglar uzugi” operasi repetitsiyasi.
Yevropada vaziyat boshqacha. Bu yerda sanʼat olamida ham, musiqa olamida ham tarixan erkaklar hukmronlik qiladi. Muammoga har tomonlama eʼtibor qaratish o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga yordam bermoqda. Yosh dirijyor ayollar paydo bo‘la boshladi, ular yetakchi simfonik orkestrlar bilan ishlashga taklif qilinmoqda. Masalan, 2023-yil fevral oyida Italiyaning Parma shahrida dasturida mening ham asarlarim bo‘lgan konsert o‘tkaziladi. Unda kanadalik taniqli dirijyor Keri-Linn Uilson ishtirok etadi.
– Birmingem konservatoriyasini tugatganingizdan keyin Trinity Laban London musiqa va raqs konservatoriyasi magistraturasiga o‘qishga kirdingiz.
— Ha, londonlik bastakordan ko‘proq o‘qib-o‘rganishni xohlardim.

Trinity Laban menga juda yordam berdi, chunki u yerda juda qiziqarli musiqachilar bilan tanishdim. Biz haligacha muloqotdamiz, hamkorlik qilamiz.

Birmingemda o‘z-o‘zimni rivojlantirish bilan shug‘ullangan bo‘lsam, London menga eksperiment qilish imkoniyatini berdi. Bizning studiyamiz bor edi, u yerda erkin ishlardik, musiqalar yozardik.
реклама
реклама
— O‘qish paytida ishlashga to‘g‘ri keldimi?
— Konsert beruvchi organist bo‘lganim uchun doim ishlardim. 19 yoshdan boshlab soborlarda, cherkovlarda organ chaldim, konsertlar berdim. Performans elementi juda muhim. Ijro etish - mening ajralmas qismim, men usiz yashay olmayman. Shuning uchun, biror joyga taklif qilishsa, jonim bilan ijro etaman.

21 yoshimda Birmingemdan Uorikka (Uorikshir grafligining maʼmuriy markazi – tahr.) ko‘chib ketdim. Eski shahar, u yerda vaqt to‘xtab qolganga o‘xshaydi. Yaqinrog‘ida Shekspirning ona shahri Stratford-apon-Eyvon joylashgan.

Uorikda soborda organchi bo‘lib ishladim. Britaniyaliklarning barcha asosiy voqealari cherkovda o‘tkazilgani va organist ularga musiqiy hamroh bo‘lgani sababli menga muhim shaxs sifatida munosabatda bo‘lishardi, uchrashuvlarga, oqshomlarga taklif qilishardi. Men begonalar uchun yopiq bo‘lgan juda anʼanaviy ingliz madaniyati va aristokratiyasi dunyosiga kirib qoldim. Bu muloqot meni juda boyitdi.
— Taʼlim muassasalari bitiruvchilarga, jumladan, sizga ham ish topishda yordam berdimi?
— Yevropada “har kim o‘zi uchun” tamoyili bilan yashashadi. O‘qishni tugatgandan keyin sizga nima bo‘lishi hech kimga qiziq emas. Men Birmingem konservatoriyasini, keyin Londonni aʼlo baholarga tamomladim, lekin hech kim meni qo‘llab-quvvatlashga shoshilmadi. Isteʼdodli odammi yoki yo‘qmi, muhim emas – hech kim hech kimga turtki bermasligi tezda maʼlum bo‘ldi. Hammasi o‘zimga bog‘liq edi.
Perkussionist musiqachi Simone Rubino (chapda) va dirijyor Jozef Bastian (o‘ngda) bilan
Beethoven-Saal Stuttgart‘da perkussiya va orkestr uchun konsert repetitsiyasida.
Iqtidorli bastakor do‘stlarim bor, ular uzoqqa bora olishmadi. Qaysidir lahzada ular shunchaki to‘xtashdi, lekin ishlash: musiqalar yozish, buyurtmalar olish muhim edi. Bo‘shashish, dangasalik qilish mumkin emasligini tushunib yetdim — ko‘plab musiqachilar tabiatan dangasa bo‘lishadi. Kimlarnidir qulay, sokin hayot qanoatlantiradi. Meni esa yo‘q. Modomiki menga qobiliyat berilgan ekan, Sodiqovlar oilasining aʼzosi ekanman, demak, muvaffaqiyatga erishish uchun mehnat qilishim kerak, deb o‘ylayman. Orkestr uchun musiqa yozish uch-to‘rt kunlik ish emas. Bu juda katta mehnat.
— 2000-yillarda mijozlar sizni qanday topishgan? U vaqtlarda Internet hozirgidek keng tarqalmagan edi-ku.
“Hammasi Salli haqida” kamerli operasining Berlindagi premyerasida Quillo kamerli ansambli bilan.
— O‘sha paytlarda hammasi oddiy edi: musiqachilar bir-birlari bilan bog‘lanishardi. Ishonmasligingiz mumkin, hatto hozir ham ko‘plab musiqiy antreprenerlar (entrepreneur – tadbirkor) va yirik festivallar direktorlari “sarafan radiosi” deb ataladigan networking‘ga tayanadilar. Kimdir qayerdadir musiqani eshitib, tavsiya qiladi. Zamonaviy klassik musiqa olamida internetga unchalik ishonilmaydi.
— Xorijga ko‘chib o‘tishingizga oilangiz qanday munosabatda bo‘ldi?
— O‘qishni davom ettirishimdan hamma juda xursand bo‘lishdi. O‘sha vaqtlar faqat musiqachilarga qiyin emas edi. Ketganlar lotereya yutganlarga o‘xshashardi. Esimda, olomon tufayli Germaniya elchixonasiga kirishning iloji bo‘lmagandi.
реклама
реклама
“Uspenka”dagi butun sinfim, yoshi kattaroq do‘stlarimiz, asosan pianinochilar, Germaniyaga ko‘chib ketishdi. Kimdir Berlinda, kimdir Kyolnda yashaydi. Organ bo‘yicha o‘qituvchim Tatyana Levina Bonnga ko‘chib o‘tdi. Biz hali ham xabarlashib turamiz.
— O‘zbekistonni tark etganingizdan keyin dunyoqarashingiz qanchalik o‘zgardi?
— 19 yoshimda Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tdim. Bu hozir men yashayotgan Germaniyada o‘smirlar yoshi hisoblanadi. Bu yerda odamlarni 21 yoshdan keyin katta yoshli deb aytishni boshlashadi. Dunyoqarashim Yevropada shakllangan, deyish mumkin. Bu ko‘chib o‘tish men uchun O‘zbekistonni kechroq, 25 va undan katta yoshda tark etgan do‘stlarimiz kabi og‘ir kechmadi. Katta yoshda ko‘chib o‘tish ancha qiyinroq.

Emigratsiya meni chiniqtirdi. O‘zimga suyanishni, har doim nimadir qilishni, oldinga intilishni o‘rgandim. Men buni kurash sifatida emas, balki to‘xtash aslo mumkin bo‘lmagan shaxsiy rivojlanish jarayoni sifatida ko‘raman.
— Berlindagi ijodiy hayotingiz qanday boshlanganini aytib bersangiz.
— Londondan keyin Berlinda hammasi juda tezlashib ketdi. 2008-yilda u yerga ko‘chib o‘tdim va karyeram amalda shu shaharda boshlandi.

Har doim Germaniyada ishlashni orzu qilardim, chunki bu yer musiqa mamlakati, Betxoven, Shubert tug‘ilgan joy. Bu yerda musiqa juda qadrlanadi, shuning uchun har doim va hamma joyda festivallar o‘tkaziladi.
Berlinga barcha ijodkor, ilg‘or odamlar intiladi, chunki u “musiqaning Makkasi” hisoblanadi. Bu yerda klassikadan tortib to elektron musiqagacha bo‘lgan yo‘nalishlarda turli xil musiqa festivallari bilan bir qatorda, kinofestivallar ham, jumladan Berlinale (Berlin xalqaro kinofestivali — Berlinda 1951 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadigan xalqaro kinofestival. Bosh mukofot – “Oltin ayiq” – tahr.) o‘tkaziladi.

Berlinga ko‘chib kelganimdan beri men zamonaviy musiqa ansambllari va orkestrlari bilan qiziqarli eksperimental loyihalarni boshladim. Aloqalar kengaydi, tanish-bilishlar doirasi ajoyib musiqachilar, dirijyorlar, masalan, Teodor Kurentzis va Valeriy Gergiyev, Kirill Serebrennikov Gogol-markazi va Shaubyun teatridan (Berlin) rejissyor, aktyorlar bilan kengaydi.

Bu yerda menga va musiqamga eʼtibor qaratishganidan juda baxtiyorman.
— O‘zbekistonlik bo‘lganingiz tanilishingizga qandaydir yordam beradimi?
— Albatta, bu juda yordam beradi, chunki men hozirda ijod namunalari Yevropada doimiy ijro etilayotgan qariyb yagona o‘zbekistonlik bastakorman. Musiqa olamida bu fakt alohida qiziqish uyg‘otadi. Afishalarda, konsert dasturlarida har doim dasturdagi yangi kompozitsiya o‘zbekistonlik bastakor tomonidan taqdim etilishi taʼkidlanadi.
Germaniyada chiqqan Aziza Sodiqova asarlarining diski.
Muqovada – rassom Bobur Ismoilovning asari.
Yaqinda Myunxenda bo‘lib o‘tgan va men ham ishtirok etgan mumtoz musiqa festivalida Sodiqova familiyasi Brams va Shubertlar bilan bir qatorda turdi. Sentyabr oyida Vena Konsertxausida bo‘lib o‘tadigan konsertda Chaykovskiy va Shostakovich dastur bo‘yicha “qo‘shni” bo‘lishadi.

Shuncha yillardan beri Yevropada O‘zbekiston vakili bo‘lib kelayotganimdan juda faxrlanaman.
— O‘zingizni o‘zbekistonlik bastakor sifatida ko‘rsatishingiz nima uchun muhim?
— O‘zbek bastakori oilasidan bo‘lganim uchun musiqachi sifatida shakllanganman va Uspenskiy nomidagi maktabda tahsil olganman. O‘zbekiston va ustozlarim tufayli men shu kunlarga yetib keldim.
— Inglizchani yaxshi bilasiz. Nemischani-chi?
— Ha. Ingliz tilida bo‘lgani kabi, nemis tilini ham o‘zim mustaqil o‘rganganman. Buni Berlinga ko‘chib o‘tishdan avvalroq boshlaganman, chunki Germaniya Madaniyat vazirligi meni bastakor sifatida Berlindagi art-rezidensiyaga taklif qilgandi.

Bu tilda gapirsam ham, yozsam ham, nemischani haligacha o‘rganishda davom etyapman, desam to‘g‘ri bo‘lardi. Hatto operalar yozaman. Operalarimning uchtasi nemis tilida.
— Art-rezidensiya nima va u ijodkorlar uchun nimasi bilan foydali?
— Art-rezidensiya, bu – turli mamlakatlardan ijodkorlar uch oydan bir yilgacha muddatga tajriba almashish va kollaboratsiyalar (hamkorlik – tarj.) uchun taklif qilinadigan maxsus jihozlangan joy. Odatda ishtirokchilarga katta qulay studiyalar yoki, mening holatimda bo‘lgani kabi, go‘zal eski qasrlar taqdim etiladi.
The Bridgewater Hall (Манчестер, Англия) концертлар залида
The BBC Philharmonic симфоник оркестри билан концерт.
Taklif qilinganlar orasida 30 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan rassomlar, musiqachilar, yozuvchilar ham bor edi. Kimdir yulduz maqomida keldi. Baʼzilar rezidensiyadan keyin bir necha yil ichida mashhur bo‘lishgan. Misol uchun, Gollivud ssenaristi Lyuk Deyvis, biz u bilan do‘stlashdik va xabarlashib turamiz. U Xit Lejer ishtirokidagi “Kendi” (2005), Dev Patel va Nikol Kidman ishtirokidagi “Arslon” (2016), Robert Pattinson o‘ynagan “Layf” (2018), Timoti Shalome ishtirokidagi “Chiroyli bola” va boshqa kartinalar ustida ishlagan. Rezidensiyadan so‘ng Lyuk bilan ikkita loyihani amalga oshirdik – men klassik musiqa festivallarida qatnashish uchun uning matnlariga musiqa yozdim.

Mashhur avstriyalik yozuvchi Arno Gayge bilan tanishuv ham men uchun muhim bo‘lgan. “Hammasi Salli haqida” operasini uning shu nomdagi romani asosida yozganman.
— Hozir Berlinda kimlar bilan ishlayapsiz yoki hamkorlik qilyapsiz?
— Men maʼlum bir orkestr bilan ishlamayman. Asosan turli simfonik orkestrlar, dirijyorlar, solistlardan buyurtmalar olaman.

Ayni paytda birvarakayiga uchta orkestr loyihasi bilan bandman. Notalar zalda, oshxonada, musiqa xonasida — butun kvartirada yotibdi. Sketch (eskiz – tarj.) va g‘oyalar yozilgan varaqlar doimo ko‘z oldingizda bo‘lishi kerak.

Loyihalardan biri – mashhur amerikalik skripkachi, uch karra “Gremmi” sovrindori Xilari Xan uchun skripka konsertidir. Meni u bilan biz doimo hamkorlik qiladigan isroillik dirijyor Omer Meir Velber tanishtirgan. 2019-yilda Xilari Yevropa bo‘ylab Baxga bag‘ishlangan gastrol safarida bo‘ldi va o‘z dasturiga kompozitsiyalarimdan birini kiritdi. Endi esa Xan yangi konsertim bilan Germaniya va Italiya shaharlari bo‘ylab turnesida chiqish qiladi.
Geydelbergdagi (Germaniya) orkestr bilan violonchel uchun konsert premyerasi. Solist - Yulian Shtekel.
Isroillik musiqachi Jeykob Reuvenga orkestrli mandolina (udga o‘xshagan to‘rt torli italyan cholg‘u asbobi – tarj.) uchun yana bir kompozitsiyani tayyorlayapman. Uning konsertlari yangi yilda Germaniya, Isroil va Fransiyada bo‘lib o‘tadi.

2023-yilda meni juda qiziqarli loyiha kutmoqda. Parma (Italiya) shahri maʼmuriyatidan bir yilga art-rezidensiyaga taklif oldim. Ular meni o‘zlarining simfonik orkestri bilan ishlashimni xohlashyapti. Shuningdek, dasturida Raxmaninov, Chaykovskiy, Shostakovich va Sodiqova ijod namunalari yangraydigan uchta yirik konsert ham rejalashtirilgan. Ularda xorvatiyalik pianinochi Ivo Pogorelich va kanadalik dirijyor Keri-Linn Uilson ishtirok etadi. Konsertlardan birida bolalar xori ham sahnaga chiqadi.

Shuningdek, orkestrli akkordeon uchun dirijyor Omer Meir Velberga bastalangan juda noodatiy jarangdor konsert premyerasi bo‘ladi.
— O‘zbekistonga qaytish niyatingiz bormi?
— Albatta. Yevropada shusiz ham faolman: ishlayapman, buyurtmalarim bor. O‘zbekiston bo‘yicha rejalarim ko‘p.

Omnibus ansambli bilan hamkorlik qilmoqchiman, u bilan anchadan beri katta loyihani rejalashtirganmiz, lekin hali ham homiylar izlayapmiz.
Massimo opera teatrida (Palermo, Italiya) “Marionetkalar” asari premyerasi.
Dirijyor — Omer Meir Vellber (Isroil).
Kino uchun musiqa yozish. Har doim Dmitriy Yanov-Yanovskiy va Rumil Vildanov ijodidan ilhomlanganman, ularning ohanglari “Shum bola” (1977), «Непокорная» (1981) va boshqa ko‘plab sovet filmlarida yangraydi. O‘zbekistonning zamonaviy kinosi musiqa jihatidan Gollivudning zaif nusxasi. Individuallik yo‘q, lekin bo‘lishi kerak. G‘oyalarim ko‘p. 2019 yilda Toshkentga bordim va “O‘zbekkino”da uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Biz hamkorlik qilishga kelishib oldik. Menga buyurtmalar berishni vaʼda qilishdi, lekin haligacha berishgani yo‘q.
реклама
реклама
Musiqa madaniyati rivojiga qo‘shadigan hissamni talabalar bilan ishlashda ko‘raman. Konservatoriyada mahorat darslarini o‘tishim, orkestrlar bilan hamkorlik qilishim mumkin. Konsert beruvchi musiqachi va bastakor sifatidagi tajribam mamlakat uchun foydali bo‘lardi, deb o‘ylayman.
— Xorijda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga qanday maslahat berasiz?
— Kelajakdagi rejalaringizni aniq biling. Juda ambitsiyali bo‘ling. Faoliyatimda menga doimo oldinga intilishni, ko‘proq loyihalar, ko‘proq festivallar bo‘lishini xohlashim yordam beradi. O‘z oldingizga maqsad qo‘yganingizda, amalga oshiradigan nimadir bo‘lsin. Faqat burningiz ostiga qarab yuraversangiz, hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi.
Simone Rubino va Shtutgart radiosining simfonik orkestri bilan konsert.
Blits

— Siz uchun erta turish qiyinmi?

— Ha, buni yomon ko‘raman, lekin qilishim kerak.

— Siz uchun erta – soat nechada?

— Soat 07:00 da. Soat 09:30da ishlashim, musiqa yozishim kerak, aks holda men uchun kun yo‘qoladi.

— Sizni nima tushkunlikka tushirishi mumkin?

— Konsertda eshitilgan zaif, yomon yozilgan musiqa.

— Besh yildan keyin o‘zingizni qayerda ko‘rasiz?

— O‘ylaymanki, ehtimol, O‘zbekistonda, Vatan, ildizlarimiz baribir ortga chaqirayotgandek. Shu bilan birga, Yevropada bastakor sifatida ishlashda davom etaman.

— O‘zbekistonni tark etishda o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishdingizmi?

— Ha. Men oilaviy bastakorlik sulolasini davom ettirishga qaror qilgandim va bunga erishdim.

— Oltin baliqcha tutib olsangiz, O‘zbekiston uchun undan nima so‘ragan bo‘lardingiz?

— Shunday quvnoq, birdam va serquyosh davlat bo‘lib qolishini.
Blits

— Siz uchun erta turish qiyinmi?

— Ha, buni yomon ko‘raman, lekin qilishim kerak.

— Siz uchun erta – soat nechada?

— Soat 07:00 da. Soat 09:30da ishlashim, musiqa yozishim kerak, aks holda men uchun kun yo‘qoladi.

— Sizni nima tushkunlikka tushirishi mumkin?

— Konsertda eshitilgan zaif, yomon yozilgan musiqa.

— Besh yildan keyin o‘zingizni qayerda ko‘rasiz?

— O‘ylaymanki, ehtimol, O‘zbekistonda, Vatan, ildizlarimiz baribir ortga chaqirayotgandek. Shu bilan birga, Yevropada bastakor sifatida ishlashda davom etaman.

— O‘zbekistonni tark etishda o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishdingizmi?

— Ha. Men oilaviy bastakorlik sulolasini davom ettirishga qaror qilgandim va bunga erishdim.

— Oltin baliqcha tutib olsangiz, O‘zbekiston uchun undan nima so‘ragan bo‘lardingiz?

— Shunday quvnoq, birdam va serquyosh davlat bo‘lib qolishini.
Matnni Viktoriya Abduraximova tayyorladi.
Fotosuratlar Aziza Sodiqovaning shaxsiy arxividan.
Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. “Gazeta.uz” internet-nashrida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting