BAAda ishbilarmon aka-uka Atul va Rajesh Gupta qo‘lga olindi, deb xabar berdi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani o‘rganish markazi (OCCRP) Dubay politsiyasiga tayanib.

Ular Janubiy Afrika Respublikasi so‘roviga binoan hibsga olingan. Guptalar u yerda pul yuvish, firibgarlik va Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Jeykob Zuma bilan aloqalarni suiiste’mol qilish kabi qator jinoyatlarda ayblanmoqda.

JAR Milliy prokuraturasi aka-uka Guptalarni Nulane Investment 204 kompaniyasida pul yuvish va firibgarlikda ayblab, qidiruvga bergandi. 2011−2012 yillarda Fri-Steyt provinsiyasi Qishloq xo‘jaligi departamenti ularga deyarli 25 mln rand ($1,64 mln) o‘tkazib bergan.

Bu pul yirik loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini to‘lash uchun mo‘ljallangan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Nulane Investment aka-uka Guptalarning Islandsite Investments kompaniyasiga pul yechib olishda «qopqoq» bo‘lib xizmat qilgan.

JAR Adliya vazirligi ayblanuvchilarning hibsga olinganini tasdiqladi. Hozirda ularni BAAdan ekstraditsiya qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Hindistonning Zee Business nashri JARda qonunlarni buzishda ayblanayotgan aka-uka Guptalar Toshkent shahrida ekanligini ma’lum qilgan edi. Hindistonlik tadbirkorlar 2018 yilda JARni tark etgach, orada bir nechta mamlakatlarda bo‘lishdi va hozirda O‘zbekistonda bo‘lib turishibdi, deya qayd etgandi nashr.

Aka-uka Guptalar o‘zi kim?

Uchta aka-uka Guptalar — Ajay, Atul va Rajesh — 1993 yilda Afrika mamlakatiga ko‘chib borishgan. Oila kompyuter texnologiyalari, konlar, ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar va muhandislik kompaniyalarini o‘z ichiga olgan biznes imperiyasini yaratdi. OAV xabarlariga ko‘ra, aka-uka Guptalar «Afrika milliy kongressi»ning hukmron partiyasi, xususan Jeykob Zuma bilan 2009 yili mamlakat prezidenti bo‘lishidan ancha oldin yaqin aloqalarni o‘rnatgan.

OCCRP ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka Guptalar qonunlarni buzganlikda, mablag‘larni o‘zlashtirish va korrupsiya orqali hukumatning foydali tenderlarida g‘olib chiqishda, qora tanlilarga yordam berish bo‘yicha hukumat dasturidagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda, shuningdek, «hokimiyatni egallash»da (bu atama tizimli siyosiy korrupsiyaning turini anglatib, unda xususiy manfaatlar o‘z manfaatlari nuqtai nazaridan qaror qabul qilish jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi) va boshqa qonunbuzarliklarda ayblanib, JAR tomonidan ta’qib qilinmoqda (New York Times va BBC ham bu haqda yozgan).

So‘nggi holat bo‘yicha, JARda davlatni egallab olish to‘g‘risidagi ayblovlarni tekshirish uchun maxsus Sud komissiyasi tashkil etilgan.

Ular 2016 yilda mamlakatdan chiqib ketgandan so‘ng, Gupta oilasining JARdagi hisob raqamlari hibsga olingan va tergov ishlari boshlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, prokuratura oilaning sobiq prezident Jeykob Zuma ma’muriyatiga haddan tashqari ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq korrupsiya holatlari tufayli yo‘qotilgan 4 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ni qaytarishga harakat qilmoqda.

2018 yil oxirida New York Times aka-uka Guptalarning Dubayda «ixtiyoriy surgunda» ekanliklari haqida yozgan edi. 2019 yil oktabr oyida AQSh Moliya vazirligi JARning sobiq prezidenti Jeykob Zuma bilan bog‘liq korrupsiya sxemalarida ishtirok etgani uchun ularga qarshi sanksiyalar joriy etdi.

O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirayotgan Jalan oilasi bilan ehtimoliy aloqalar to‘g‘risidagi xabarlar

Business Television India (BTVI) telekanali 2019 yilda aka-uka Guptalar yangi investitsiya maydonlarini izlayotgani haqida xabar berdi. Rejalashtirilgan loyihalar orasida O‘zbekistonda katta universitet tashkil etish ham bor edi.

2019 yil iyun oyida Atul Guptaning o‘g‘li Murari Jalanning (hindistonlik tadbirkor va Agio Image Group rahbari. Amaldagi korxonalar savdo va distributsiya, ko‘chmas mulk, qog‘oz ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va aviatsiyani rivojlantirish kompaniyalari BAA, Hindiston, Rossiya va O‘zbekiston bozorlarini qamrab olgan) jiyaniga uylandi. OAV va JARda joylashgan amaBhunhane jurnalistik tadqiqot markazi xabarlariga ko‘ra, Jalan va Gupta oilalari o‘rtasida ba’zi kompaniyalar orqali aloqalar bo‘lishi mumkin.

Biroq Murari Jalan vakillarining Zee Business’ga bergan sharhida uning «Janubiy Afrikadan kelgan aka-uka Guptalar bilan aloqasi yo‘q"ligi aytilgan va «Jalanni va uning biznesini Guptalar oilasi bilan bog‘lash noto‘g‘ri» deya ta’kidlangan. «Shaxsiy munosabatlar tadbirkorlik faoliyatidan ajralib turadi», — deya ta’kidlanadi sharhda.

Shuningdek, o‘tgan yilning oktabr oyida Jalanga yaqin bo‘lgan vakil Forbes India’ga «Jalanning akasi va uning oilasi o‘rtasidagi oilaviy munosabatlar va Jalanning tijoriy faoliyati o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘q» deb aytgan.

Jalan bilan birga Jet Airways’ni qayta tiklash niyatida bo‘lgan Londonning Kalrock Capital investitsiya jamg‘armasi ham Guptalar oilasidan hech kim Jalanning biznesi bilan bevosita yoki bilvosita aloqador emasligini aytdi.

Minerva World of Knowledge

Foto: Toshkent shahar hokimligi.

Toshkent shahar hokimligi va Hindistonning Minerva World of Knowledge xorijiy qurilish kompaniyasi 2019 yil avgust oyida 500 mln dollarlik investitsiya shartnomasini imzolashdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Toshkentda Minerva World of Knowledge bilan muzokaralar 4 oy davom etdi.

Kelishuv yaqin besh yil ichida Sergeli tumanida turar joy majmualari, universitetlar va yotoqxonalar, tibbiyot va sport inshootlari, maktabgacha ta’lim muassasalari va savdo-ko‘ngilochar majmualarni barpo etishni nazarda tutadi.

2019 yil 29 avgust holatiga korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, ustav kapitali 12,75 mln so‘m bo‘lgan Minerva World of Knowledge MCHJ 2019 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Uning boshlig‘i Sherzod Ro‘zimov, muassislari Murari Lal Jalan (50%) va Aakash Garg (50%) (amaBhunhane ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka Guptalardan birining kuyovi hisoblanadi).

Biroq 2021 yil 9 martdan boshlab Kumar Arvind kompaniya rahbari sifatida va Murari Lal Jalan (100%) yagona ta’sischi sifatida ko‘rsatilgan.

Aakash Garg dastlab 2019 yil 15 martda ro‘yxatdan o‘tgan Lake City Township qurilish kompaniyasining yagona ta’sischisi sifatida ro‘yxatga olingan edi, ammo hozir Ankit Jalan 100% aksiyalarga egalik qiladi.

Minerva World of Knowledge taqdimotidan skrinshot.

Aakash Garg O‘zbekiston hukumatiga Minerva World of Knowledge loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi taklifni (PDF) 2018 yil dekabr oyida taqdim etdi. Ko‘rib chiqish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ikkita universitet (Minerva University of Uzbekistan va Minerva International University of Uzbekistan), xalqaro maktab (Minerva International School), bolalar bog‘chasi (Minerva Play School) va ilg‘or tadqiqotlar akademiyasi (Minerva Skills Academy) dan iborat o‘quv majmualari kompleksining loyihasi taklif qilindi. Investorning ta’kidlashicha, Minerva University of Uzbekistan yiliga 1000 talabaga, Minerva International University of Uzbekistan esa 4000 talabaga ta’lim beradi.

2019 yil 10 yanvarda Aakash Garg (PDF) imzosi bilan 500 mln dollar miqdoridagi reja va investitsiya taklifi bilan Toshkent hokimi va O‘zbekiston bosh vaziriga xat yuborildi. Shu kuniyoq Minerva World of Knowledge kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi, unda Murari Lal Jalan va Aakash Garg (har birining 50 foiz ulushi bilan) ta’sischi sifatida ro‘yxatga kiritilgan. Minerva World of Knowledge loyihalari soni kengaytirildi:

  • Minerva University of Uzbekistan;
  • Minerva International University of Uzbekistan;
  • Minerva International School;
  • Minerva Play School;
  • Zamonaviy sport binolari (yopiq va ochiq);
  • Turar joylar;
  • Tijoriy ko‘chmas mulklar;
  • Mehmonxona xizmatlari;
  • Chakana savdo;
  • Ijtimoiy markazlar;
  • Stadion;
  • Tibbiy asbob-uskunalar;
  • Yashil hiyobonlar va bog‘lar.

Maktubda keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish uchun 100 gektar yer maydoni zarurligi ko‘rsatilgan. Investitsiya shartnomasini amalga oshirish yetti yil davomida besh bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi (Toshkent shahar hokimligi loyiha besh yil davom etishi haqida xabar berdi). Shu kuni kompaniya o‘zbek bankida hisob raqamini ochdi.

Aakash Garg, Ankit Jalan (Murari Lal Jalanning jiyani) va Murari Lal Jalan Namangan Square savdo ofislarining ochilish marosimida.

Aakash Garg, Ankit Jalan va Murari Lal Jalan Toshkent shahar hokimligi rahbariyati bilan inerva World of Knowledge xalqaro universiteti qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda. Foto: Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Developerning saytida ko‘rsatilishicha, Minerva City loyihasi jahon andozalari darajasidagi maktablar, kollej va universitetdan iborat kompleks qurishni o‘z ichiga oladi. 100 gektar maydonda 15 ming xonadon, bolalar bog‘chalari, sayr qilish maskanlari, bog‘lar, bolalar maydonchalari, klinika, mehmonxona, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, savdo markazlari, klabxausni joylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistondagi boshqa loyihalar

Murari Lal Jalan MJ Developers kompaniyasi orqali O‘zbekistonda bir nechta yirik loyihalarni amalga oshiradi. «Majmuali aqlli shaharlarni yaratishga ixtisoslashgan strategik developerlik tashkiloti» — deyiladi kompaniya saytida. Tashkilotning asosiy vazifasi qilib «O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratgan holda, rivojlanayotgan bozorlarda premium darajadagi aqlli shaharlarni rivojlantirish va sarmoyalar» ko‘rsatilgan.

Lake City.

MJ Developers kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan loyihalar qatorida Toshkent shahridagi «Baxt» ko‘li negizida barpo etilayotgan 100 gektar maydonga ega Lake City kompleksi ham bor. Loyiha doirasida akvapark, plyajli sun’iy ko‘l, istirohat bog‘lari, shuningdek mehmonxonalar, hashamatli turar-joy binolari va boshqalarni yaratish rejalashtirilgan.

Namangan Square.

Yana bir loyiha — «Yashil shahar» Namangan Square. 18 gektar maydonda ofislariga ega biznes-markazlar, restoranlar, do‘konlar, sport klublari va turar joy binolari joylashgan bo‘ladi. Bino maydoni 325 ming kvadrat metrni tashkil qilib, 1500 dan ortiq kvartirani o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu hududda golf maydonchasi ham bo‘ladi.

Bu yerda Iconic Towers (18 qavatli tijorat binolaridan iborat egizak minoralar) va Boulevard Plaza — do‘konlar, kafelar, restoranlar va tungi bozorni o‘z ichiga olgan bulvar, Clubhouse (badminton, billiard, stol tennisi, raqslar va fitness markazi, sog‘lomlashtirish kurorti, suzish havzasi, konferensiya zallari, kutubxona, banketlar uchun zal, restoran, qahvaxona va karaoke) barpo etiladi.

Bukhara Hotel

Bukhara Hotel — 7 qavatli, 228 xonadan iborat, 2,75 gektar yer maydoniga ega besh yulduzli mehmonxona. U yerda basseyn, spa-salon, fitness-zal, bar, restoran, banket zali va boshqa xonalar bo‘ladi.

«Gazeta.uz» tomonidan o‘rganib chiqilgan ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Minerva World of Knowledge O‘zbekistonda 40 dan ortiq turar joy va noturar joy binolari qurish, ko‘chmas mulk sotib olish va sotish, shuningdek, maktabgacha, o‘rta va oliy ta’limga ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil qilganini aniqladi.

  • Kompaniyalar ro‘yxati (2019 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilganlari 8,5 mln so‘mlik ustav fondi bilan, 2020 yildagilar — 10 mln so‘mlik ustav fondi bilan tashkil etilgan):
  • Smart It Parco — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Unitrust Healthcare — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Greenwich Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
  • Fresco Residential — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Letizia — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Holbox — 2020 yil 14 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Good Luck Homes — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
  • Esperto Residential — 2020 yil 14 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Blossom Cherry — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Lazure Villas — 2020 yil 14 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
  • Vendita — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turi — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Bello Palace — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Falcon Residence — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Azores — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turar-joy binolarini qurish, rahbari Diyor Dehqonov;
  • Nice Home Residence — 2020 yil 14 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
  • Milford Residence — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Comfy Residence — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Minerva It Park — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Jersey Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Bellwood Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Comino Residence — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Etopia Residences — 2019 yil 20 martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Felice Vita — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat -turar joy binolari qurilishi, rahbari Diyor Dehqonov;
  • Intel Houston — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Little Tricks Learning — 2019 yil 3 martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — maktabgacha ta’lim, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Urban Living — 2019 yil 20 martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Bright-Education Centre — 2019 yil 18 martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — oliy ma’lumot, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • High Street Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Camarillo Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov.
  • Sportico — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Learnovate Schooling — 2019 yil 20 martda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — umumiy o‘rta ta’lim, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Future Dream Residence — 2020 yil 14 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Top Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Maple It Park — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Pacific Housing — 2020 yil 14 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolarini qurish, rahbari — Sherzod Ro‘zimov;
  • Concord Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Lusso Residence — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Sarv Palace — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyati — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Osier It Park — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyati — turar-joy binolarini qurish, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Chinor Residence — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy binolari qurilishi, rahbari — Diyor Dehqonov;
  • Camarillo Retail — 2020 yil 15 oktabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan, asosiy faoliyat — turar joy bo‘lmagan binolarni qurish, rahbari — Diyor Dehqonov.

Murari Lal Jalan, shuningdek Metric Ventures (2018 yil 11 iyulda ro‘yxatdan o‘tgan, faoliyati — mehmonxonalar va shu kabi turar joylar) va Orion International (2010 yil 7 oktabr, noturar joylarni ijaraga berish va boshqarish) kompaniyalariga egalik qiladi.