Dushanba kuni O‘zbekistonda 91 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 2020 yilning mart oyidan buyon ularning umumiy soni 240 569 nafarga yetdi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Juma kuni 119 kishi, shanba kuni 139 kishi va yakshanba kuni 133 kishida kovid aniqlangandi.

Kasallanganlarning 26 nafari Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Samarqand viloyatida esa 12 kishi kasallik yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Farg‘onada — 11 kishi, qolgan hududlarda aniqlangan bemorlar soni 10 nafardan ortmaydi.

Kasallikdan sog‘ayganlarning jami soni 237 941 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Avvalroq, yaqinda O‘zbekistonda omikron shtammining yangi (tez yuquvchi) — Stealth-Omicron BA.2 subvarianti aniqlangani haqida yozgandik.