Yakshanba kuni O‘zbekistonda 133 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 2020 yilning mart oyidan buyon ularning umumiy soni 240,4 ming nafardan oshdi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati. Bir kun avval 139 nafar insonda COVID-19 aniqlangan edi.

Kasallanganlarning 47 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Farg‘ona viloyatida esa 21 kishi kasallik yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Qashqadaryoda — 15 kishi, Samarqandda — 13 kishi. Qolgan hududlarda aniqlangan bemorlvr soni 10 nafardan ortmaydi.

Hozirda virus yuqtirganlarning umumiy soni 240,478 kishini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi — Stealth-Omicron BA.2 subvarianti aniqlangani, u eng yuqumli variantlardan biri hisoblangani haqida xabar berilgan edi.