22 iyun kuni chegara qo‘shinlari 1 mln dollarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotgan andijonlik fuqaroni to‘xtatib qoldi, deya habar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasidan Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo‘lgan $1 mln dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Uni hududda xizmat o‘tayotgan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari to‘xtatib qoldi.


Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.