23 iyun kuni soat 15:00 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida VAZ-2106 rusumli avtomobilga yoqilg‘i to‘ldirish jarayonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Portlash oqibatida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonidagi devor to‘siq zararlangan.

Tan jarohati olganlar yo‘q va boshqa transport vositalariga zarar yetmagan. Shuningdek, voqea natijasida yong‘in kelib chiqmagan, deyiladi xabarda.


Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, portlash mashinadagi nosozlik sabab yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan tuman IIB, FVB va prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.