Andijon viloyati Izboskan tumanida noqonuniy tarzda haydovchilik guvohnomasini olib berishga uringan shaxs ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

«A.M.Z.» MCHJning Izboskan filiali o‘qituvchisi O.A. fuqaro P.ga boshqa avto maktabdagi tanishlari orqali o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yib, haydovchilik guvohnomasini olib berishiga ishontigan. Buning evaziga esa 5,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.