Xorazm viloyatining Gurlan tumanida 40 sotix yer maydoni noqonuniy tarzda olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Fuqarolar R.U va O‘.M. fuqaro J.ga omborxona binosi qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 40 sotix yer maydoni ajratish masalasida tanishlari orqali yordam bera olishiga ishontirgan. Buning evaziga 100 000 AQSh dollarini so‘rab, oldindan 25 000 dollar va 65 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.