“Laskoviy may” guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunov 48 yoshida Moskvada vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti “Zvezda” telekanali va san’atkorning menejeriga tayanib.

“Kommersant” nashrining yozishicha, Yuriy Shatunov Domodedovo kasalxonasida kuchli yurak xurujidan vafot etgan.

Yuriy Shatunov 1973 yil 6 sentabrda tug‘ilgan.1986 yilda u Sergey Kuznetsov bilan birgalikda “Laskovыy may” guruhiga asos solgan. Yuriy Shatunovning bo‘lg‘usi xit taronalari 1987 yil davomida yozildi: “Beliye rozi”, “Sedaya noch” va boshqalar. Guruh 80-yillarning oxirida katta shuhrat qozondi. 1991 yil oktabr oyida Shatunov “Laskoviy may"ni tark etib, o‘zining yakkaxon karerasini boshladi.