Toshkent shahrida fuqarolarga qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib bergan MCHJ rahbari aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Gumondor «Y.A.» MCHJ rahbari F.M. Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida qo‘lga olingan.

U shu yilning yanvar-may oylarida 2 nafar fuqaroga Yaponiya va 7 nafar fuqaroga Rossiya davlatiga borish uchun qalbaki aviachiptalarni rasmiylashtirib bergani aytilmoqda. Buning evaziga F.M ulardan jami 2 420 AQSh dollari va 20,9 mln so‘mni olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.