O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jamoat va madaniyat arbobi Ahmadjon Toshxo‘jayev 70 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Ahmadjon Toshxo‘jayev 1952 yil Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

U o‘tgan yillar davomida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida, O‘zbekiston milliy axborot agentligi — O‘zAda direktor o‘rinbosari, prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

O‘nga yaqin she’riy va nasriy asarlar muallifi Ahmadjon Toshxo‘jayev o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, deya qayd etdi AOKA.