Surhondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumaniga Anvar Normamatov hokim bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmatullo Gapparovning o‘rnini egalladi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi To‘ra Bobolov va mutasaddilar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari pastligicha qolayotgani, aholi turmush sharoitini oshirishga yetarli e’tibor berilmayotganini tanqid qilgan.

Anvar Normamatov 1981 yil 10 martda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003 yil O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

2003−2021 yillarda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

U 2021 yildan buyon Termiz shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.