Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi xonadonlardan birida ikki voyaga yetmagan fuqaroning jasadi topilgani haqida xabar tarqaldi. Bunga Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, voqea Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda sodir bo‘lgan. Shu xonadonda yashab kelgan, voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘ ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.