TBC Bank 27−29 may kunlari bo‘lib o‘tgan ayol dasturchilar uchun Markaziy Osiyo onlayn-hakatonini qo‘llab-quvvatladi. Tadbir doirasida raqamli bank «From Made to top» jamoasiga o‘z sovg‘alarini — 13 ta iPhone 13 smartfonini ulashdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlardan umumiy hisobda 550 ta talabnoma kelib tushdi. Hammasi bo‘lib musobaqada 85 ta jamoa ishtirok etib, ulardan 47 tasi Demo Day gacha yetib bordi.


TBC Bank’ining uchta IT-mutaxassisi loyihaning hakamlar hay’atidan o‘rin olishdi. Uch kun davomida ular startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdi va ularga baho berishdi.

TBC Bank sovg‘alarini «From Made to top» jamoasiga bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sitora To‘laganova topshirdi. Ushbu jamoa tibbiyot muassasalari uchun neyron tizimlardan foydalangan holda interaktiv o‘qitish platformasi taqdim etgani uchun TBC Bank mukofotiga loyiq deb topildi.

IT Park bilan hamkorlik — bu TBC Tech kommunikatsion raqamli yo‘nalishini rivojlantirish doirasidagi dastlabki bosqich. Kelajakda IT Park bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu dasturlarga TBC Bank ekspertlarini hamda boshqa raqamli tashabbuslarni jalb etish ko‘zda tutilgan.


TBC Bank ATB haqida

TBC Bank 30 yillik tarixga ega bo‘lib, Gruziya va Kavkazortidagi eng yirik bank hisoblanadi. 2016 yildan buyon TBC Bank aksiyalari Londonning Stock Exchange London birjasida taqdim etilgan. O‘tgan yil davomida kompaniyaning London fond birjasidagi aksiyalari 44,95 foizga o‘sdi. Bankning barcha aksiyalari qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan (784,14 mln funt sterling) oshiq.

TBC Bank O‘zbekiston bozoriga 2020 yilning oktabr oyida mamlakatdagi ilk raqamli bank sifatida kirib keldi. Hozirgi kunda bankning TBC UZ ilovasini 2,3 mln dan ko‘proq foydalanuvchi yuklab olgan.

2021 yilning sentabr oyi oxirida ikki institutsional investor — YeTTB va IFC har biri 20 foizdan TBC UZ ulushini sotib olish haqida shartnoma imzoladi.

Bank raqamli formatda quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: pul o‘tkazmalari, kreditlar, depozitlar, bank kartalari, muddatli to‘lov va hisobraqamlarni to‘lash. Barcha xizmatlardan TBC UZ ilovasida foydalanish mumkin.

Bank o‘z mahsulotlari qatorini kengaytirish ustida faol harakat qilib, insonlar hayotini hozir va shu yerda o‘zgartirishga intiladi.

TBC Bank bilan aloqa:

Call-markaz: 1150.

Sayt: tbcbank.uz
Facebook: fb.com/tbcbankuz
Instagram: @tbcbankuzbekistan
Telegram: t.me/tbc_bank_uzb

IT Park Uzbekistan haqida

IT Park Uzbekistan — O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda tengsiz ko‘makchi, 610 dan ortiq rezident kompaniyalar, 206 ta IT-markaz, 80 dan oshiq IT-maktablar va 10 ta filialni o‘z ichiga olgan IT-kompaniyalar uchun erkin iqtisodiy zona.

Telegram: t.me/itpark_uz
Instagram: @itpark_uz

Telegram Tumaris.Tech: t.me/tumaris_tech

Reklama huquqlari asosida.