O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 iyundagi farmoyishi bilan 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bakalavriat:

  • kunduzgi ta’lim shakliga — 77 477 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakliga — 26 095 nafar;
  • kechki ta’lim shakliga — 3 725 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakliga — 3 410 nafar;

Magistratura — 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan (36 ta) davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga shartnoma asosidagi qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Avvalroq, davlat OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 20 iyundan 20 iyulgacha davom etishi haqida yozgandik. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa qabul 10 iyulga qadar amalga oshiriladi. Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish bilan birga ta’lim shaklini ham tanlash imkoniyati berilmoqda.