Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023 yilgi Osiyo kubogining so‘nggi saralash bosqichida Tailand terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. 15 iyun kuni Namangan shahridagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

O‘yindan oldin ikkala terma jamoa ham Osiyo kubogi-2023 musobaqasi ishtirokchisiga aylanib bo‘lishgan edi. Shunday bo‘lsada, Srechko Katanets shogirdlari maydonga g‘alaba uchun chiqishdi. Bu o‘yinning borishidan sezilib turdi. Bellashuv C guruhidagi g‘olib nomini aniqlab berdi.

Bahsning 8-daqiqasida yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovning aniq zarbasidan so‘ng hisob ochildi. 15-daqiqada yarim himoyachi Aziz Turg‘unboyev farqni ikkitaga oshirdi. O‘yin yakunigacha boshqa hisob o‘zgarmadi. Ahamiyatli tomoni ikkala golga ham uzatmani Eldor Shomurodov amalga oshirdi.

Shu tariqa, guruhlar g‘oliblari va o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasidan eng yaxshi beshta terma jamoa Osiyo kubogi final turniriga yo‘l oldi.

Video

Foto