Futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim final bahslarida O‘zbekiston U23 jamoasi Yaponiya olimpiyachilarini mag‘lub etdi. 15 iyun kuni Toshkentdagi «Milliy» («Bunyodkor») stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni raqib darvozasiga yo‘llab, hisobni ochdi (video). 89-daqiqada hujumchi Husan Norchayev o‘yinga ikkinchi gol bilan nuqta qo‘ydi.

Timur Kapadze shogirdlari finalda ikkinchi yarim final uchrashuvida Avstraliya U23 jamoasini mag‘lub etgan (2:0) Saudiya Arabistoni olimpiyachilari bilan to‘qnash kelishadi. Osiyo chempionligi uchun bahs 19 iyun kuni soat 18:00da «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Statistika

Video

Foto

Stadionga mahalliy tomoshabinlar kiritilmagani sababli o‘zbekistonlik muxlislar uchrashuvni «Bunyodkor» o‘yingohi yoniga o‘rnatilgan katta monitor orqali tomosha qilishdi.

Stadiondagi o‘yinni O‘zbekiston futbol assotsiasiyasi prezidenti, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov, sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, prezidentning kuyovi Otabek Umarov, milliy terma jamoaning sobiq sardori Odil Ahmedov va boshqalar tomosha qilib borishdi.