O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2022 — 2023 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlar oflayn shaklda ta’lim muassasasi qabul hay’ati tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida — 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi.

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:

  • ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
  • pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  • ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
  • 3,5×4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi kerak);
  • chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo‘yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida qabul 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha), Hadis ilmi maktabida esa 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Hadis ilmi maktabida qabul 2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
  • o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
  • 3,5×4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
  • «Yagona olimpiada» tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar uchun).