15 iyun kuni soat 17:55 da Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi «Ammafos-Maksam» korxonasi hududida ijarada faoliyat yuritayotgan «Maxam-O‘zbekiston» qo‘shma korxonasining Reaxit ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi sabab portlash sodir bo‘ldi.

FVV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida sexning bino konstruksiyalari buzilgan. Shuningdek, voqea joyiga yaqin bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan. Ayni vaqtda u shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. U shifokorlar nazoratida ekani, ahvoli qoniqarliligi aytildi.

Sodir bo‘lgan vaziyat oqibatida ishchi-xodimlarning halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi, deyiladi xabarda.

Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etilmoqda.