Achilov Murodjon Azamatovich Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U Qudratbek Qadambayevich Igambergenov o‘rnini egalladi.

Murodjon Achilov 1980 yilda Urganch viloyatida tug‘ilgan, 2000 yilda Urganch davlat universitetini, 2003 yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisliklari — iqtisodiyot va bank ishi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2020 yildan Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. Bungacha u qariyb 20 yil davomida «Agrobank» tizimida (sobiq «Paxtabank») ishlab, yetakchi mutaxassislikdan Xorazm boshqarmasi boshlig‘i, bank boshqaruvi raisi o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan.

2021 yil avgust oyida prezident farmoni bilan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. O‘sha yilning noyabr oyida viloyat hokimining farmoyishi bilan Murodjon Achilovga Xorazmdagi boshqa sakkiz nafar tuman hokimlari qatori O‘zbekiston Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan hayfsan berildi.