Senatorlar Senatning 26-yalpi majlisini 13 iyun (dushanba) kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.

Yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:

  • “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida"gi,
  • “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi,
  • “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi;
  • “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida"gi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan Oliy sud raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqiladi. Ma’lumot o‘rnida Oliy sudning amaldagi raisi Kozimjon Komilovning vakolat muddati 27 may kuni tugagandi. U mazkur lavozimga 2017 yilda tayinlangan.

Dushanba kuni soat 11:00 da o‘z ishini boshlaydigan Senat yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi va YouTube orqali onlayn namoyish etiladi.