IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB xodimlari kaltaklashganini ta’kidlagan Ellona Firsova va Aleksandr Solenkoning hibsga olinishi yuzasidan izoh berdi.

«Spekulyatsiyani to‘xtatish va bu haqiqat atrofida sun’iy rezonansni oshirish» maqsadida matbuot kotibi «8 iyun kuni soat taxminan 02.30 da poytaxtning Mirzo-Ulug‘bek tumanida IIB xodimlari tomonidan fuqarolarning shaxsini tekshirish zarurati ularning giyohvandlik vositalariga aloqadorligi, shuningdek, profilaktika nazorati buzilganligi bilan bog‘liq» deya ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «boshidanoq fuqarolar o‘zlarini noo‘rin tutishgan va huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatishgan»

Shoxrux Giyasovning ta’kidlashicha, «ba’zi ommaviy axborot vositalari tomonidan voqealarning bir tomonlama talqin qilinishi hamda „sarlavhalarda yoshlarning sarguzashtlari“ deb „rang-barang“ tasvirlanishi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda turli millatchilik bayonotlari va izohlar tarqala boshladi».

«E’tibor bering, bu jamoatchilikning alohida a’zolari tomonidan millatlararo nizoni sun’iy ravishda qo‘zg‘atishga urinishlarning birinchi holati emas. Biz ushbu salbiy tendensiyani kuzatib borayotganimiz va ba’zi salbiy fikrlaydigan fuqarolarning millatchilik tuyg‘ularini qo‘zg‘ash orqali jamoatchilikka bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasligimiz haqida ogohlantiramiz», — deyiladi bayonotda.

IIV matbuot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, tergov fuqarolar ta’kidlagan jarohatlarni qayerda va qanday sharoitlarda olishlari mumkinligini hali aniqlashi lozim. U OAV va ijtimoiy tarmoqlar faollaridan ichki ishlar xodimlari va fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishini kutishni so‘radi.

Shohrux G‘iyosov shuningdek, ichki ishlar xodimlarining Ellona Firsova va Aleksandir Solenko bilan o‘zaro suhbatlari aks etgan, biroq, ayrim joylari montaj orqali kesib olingan 2:29 daqiqalik videoni ham e’lon qilindi.

Video tasvirlarda ko‘rish mumkinki, xodimlardan biri uchastkada shaxsni tekshirish uchun asos sifatida quyidagicha tushuntirish bergan: «Asos? Soat nechchi? Soat nechchi?». Ellona Firsova xodimlar hozirgina tekshirganini aytib, ular nima asos bilan tuman IIBga borishlari kerakligini so‘ragan. Bunga javoban xodim ular qidiruvda bor yoki yo‘qligini tekshirish lozimligini, chunki ayrim shaxslar uchun cheklovlar mavjudligini ta’kidlagan.

Yakunda esa qiz xodimlar bilan borishdan bosh tortib ketishga uringan. Keyin xodimlar uni to‘xtatishga harakat qilgan, Ellona Firsova esa qo‘lni tortishni so‘ragan. Aleksandr Solenko esa kurakda turmaydigan so‘zlar bilan o‘zining noroziligini bildirgan. Xodimlar uni ushlab, qo‘liga kishan taqishgan.

Xodimlar avtomobilda ham videoga olishni davom ettirishgan, unda Aleksandr Solenko xodimlarni bir necha bor haqoratlagani tasvirlangan. Ellona Firsova ham xodimlar ustidan sudga shikoyat qilishini aytgan.

Uchastkada tekshiruv vaqtida qizning oldidan pichoq chiqdi. U pichoq olib yurishi sababini Next savdo majmuasida ishlashi va kechki soat 23:00 da uyga qaytishi bilan asosladi.

Avvalroq, «Sukut saqlama» loyihasi sodir bo‘lgan holatni fuqarolarning versiyasi bo‘yicha tariflagandi. Unda ular Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga olib kelingan, bazada tekshirilgan va qonunbuzarlik holatlari bo‘lmagani uchun qo‘yib yuborilgan. Biroq, ichki ishlar xodimlari Yuldashev Aziz va Qahramonov Nurabek ularni qo‘yib yubormay, telefonlarini olib, boshqa joyga olib ketmoqchi bo‘lishgan.

Ayol yana rad javobini berib, uyiga borishini aytgan. Bunga javoban xodimlardan biri uning qo‘lidan ushlab, sudrab mashinaga olib borgan, uni o‘sha yerga o‘tkazib, bor kuchi bilan yuziga musht tushirgan va burnini sindirgan. Erkak uni himoya qilishga uringan paytida xodimlar uning qo‘liga kishan solishgan va bir necha marta urib, uni ham mashinaga o‘tkazishgan.

Yo‘lda ayol ular qayerga ketayotganlarini so‘ragan, lekin xodimlar kulishib, jinsiy zo‘ravonlik bilan tahdid qilishgan.

«Erkak yana ayolni himoya qilishga uringanida xodimlar uni mashinada tayoq bilan kaltaklay boshlashgan. Erkak kishanlangani bois o‘zini himoya qila olmagan. Keyin uni mashinadan chiqarib, yerga sudrab olib tushishgan va bor kuchlari bilan kaltaklay boshlashgan. Ayol qo‘rquvdan qocha boshlaydi, biroq xodimlardan biri uning orqasidan yetib olib, uning ko‘kragi va qorin sohasiga tepadi, so‘ng uni mashinaga qamab qo‘yadi. U yordam so‘rash uchun ratsiyani olishga uringan paytida, xodim uni yana kaltaklay boshlaydi», — deya yozilgan loyihada.

Shundan so‘ng ularni 3-shahar ichki ishlar bo‘limiga olib kelishadi. Ertasi kuni ertalab ayolning qarindoshlari tanishlari orqali uning qaysi bo‘limda ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Ular ichki ishlar bo‘limiga kelib, tasodifan ayolning va erkakning kaltaklagan holatda ekanini derazadan ko‘rishgan.