10 iyun, juma kuni O‘zbekiston konservatoriyasi oldidagi ko‘cha soat 18:30 dan 23:00 ga qadar yopiladi, deb xabar berdi YHXX matbuot xizmati.

Vaqtinchalik cheklov hududi — Shayxontohur tumanining Islom Karimov (O‘zbekiston metrosi) va Navoiy ko‘chalari chorrahalari oralig‘idagi Olmazor ko‘chasi hisoblanadi.

Bu vaqtda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashkil topganining 85 yilligiga bag‘ishlangan «Open-air» konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Fuqarolardan aylanma yo‘llardan harakatlanish so‘ralmoqda.