Xorijiy tilni o‘rganish, davolanish, ijara kompensatsiyasi, moddiy yordam — yoshlar uchun subsidiyalar joriy etildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, «Yoshlar daftari»dagi va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga 1 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Yangi yosh oilalarga uy qurish uchun garovsiz kredit, ijara kompensatsiyasi, davolanish va til o‘rganish uchun moddiy yordam — yoshlar uchun qator subsidiyalar joriy qilindi.

«Vazirlik va idoralar binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti keldi» — prezident

Shavkat Mirziyoyevning fikricha, vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti keldi. Qolaversa, Navoiyda «Yangi O‘zbekiston» massividagi ko‘p qavatli uylar hamda Mendeleyev universiteti tajribasi asosida barcha OTMlarda quyosh panellari o‘rnatiladi.

Vazirlar Mahkamasi yoshlar bilan ishlashning ikki yillik dasturini tasdiqladi

Hukumatning 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan yoshlar siyosati dasturi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konsultatsiyalar, treninglar, musobaqalar, marafonlar va boshqalarni nazarda tutadi. «Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti» tamoyili asosida uyushmagan yoshlar bilan ishlash rejalashtirilmoqda.

2023 yildan tashkilotlardan 25% issiq suv va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talab etiladi

2023 yildan savdo majmualari, madaniyat va istirohat bog‘lari, restoran, mehmonxona, supermarket, bozor, aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari, xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, banklardan kamida 25% issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talab etiladi.

Jalol Arashov qurilish vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi rahbari Jalol Arashov qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xotiniga najosat yedirgan erkakning jazo muddati yengiliga o‘zgartirildi

Salkam ikki yil oldin Toshkentda erkak kishi turmush o‘rtog‘ini kaltaklab, unga farzandining najosatini zo‘rlab yedirgan edi. 3 yilga qamalgan shaxs jazo muddatini yengiliga almashtirishni so‘rab sudga murojaat qildi. Sud qarori bilan uning o‘talmay qolgan 2 yildan ortiq jazo muddati yengiliga o‘zgartirildi.

Quyosh va shamol elektr uskunalarini o‘rnatganlarga 15 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi

Prezident muqobil energiya uskunasini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, quyosh va shamol elektr uskunalarini o‘rnatganlarga 15 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi yoki 3 yilga foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati yaratiladi.

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.

«Hech xayolimizga kelmagan taklif». Akmal Saidov davlat va jamiyat bir-birini tiyib turishi haqida

Konstitutsiyada davlat va jamiyat o‘zaro bir-birini tiyib turishini yanada mustahkamlash taklifi bildirildi. Senator Narimon Umarov buni «fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil» deb atagan bo‘lsa, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov «hech xayolimizga kelmagan taklif» deya ta’kidladi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgan

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi shu kungacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganini aniqladi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida 284 ming gektarlik maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.

Dam olish kunlari harorat pasayadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Dushanbagacha ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, +31…+33 darajagacha tushadi.

May oyida so‘mning real kursi yana 1,8 foizga qadrsizlandi

May oyida so‘mning real ayirboshlash kursi fevral oyidan buyon 8 foizga pasayib, yana 1,8 foizga qadrsizlandi. Markaziy bank buni yuqori inflyatsiya va hamkor mamlakatlarda valyuta kurslarining ko‘p yo‘nalishli o‘zgarishi bilan izohladi.

Toshkent chetida drift uchun trassa barpo etiladi

Toshkentning Bektemir tumanidagi «Shonazar» mahallasidan drift va dreg-reysing uyushtirish uchun yer uchastkasi ajratiladi. Kengash avtopoyga ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi, avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va foto materillar:

Farg‘onada do‘l yog‘di (foto, video)

Juma kuni Farg‘ona viloyatida kuchli shamol esib, yomg‘ir va do‘l yog‘di. Noqulay ob-havo bino tomlarini uchirib ketgan. FVV kuchli shamol oqibatlari bartaraf etilayotganini ma’lum qildi.

Ko‘pning aqlini ozchilik tomonidan «jilovlanishi». Biz izlagan yoxud yo‘qotgan Baxt

«Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» — amerikalik yozuvchi Rey Bredberining shoh asarlaridan biridir. Muallif bir inson hayotida qisqa vaqtda sodir bo‘lgan tub burilishlar, bitmas ehtiyojlar yo‘lida yoqib yuborilgan tafakkur, qalblar va taqdirlar bayoni orqali insoniyatni odam qiyofasini yo‘qotishdan qaytarishga urinadi.