Markaziy bank O‘zbekistonda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank boshqaruvining oraliq yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, 17 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 3 foizga oshirib, yillik 17 foiz etib belgilagandi. Regulyator shoklarni yumshatish, milliy valyuta almashuv kursining keskin tebranishlarining oldini olish, shuningdek, muddatli depozitlar bo‘yicha real foiz stavkalarini (1 yilgacha) oshirish orqali so‘mdagi aktivlar daromadliligini oshirish maqsadida pul-kredit shartlarini qattiqlashtirdi.