Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlandi

Prezident «Reklama to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, darsliklar va daftarlarda reklama bo‘lishi, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlardan, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish, tovar narxlarini valyutada ko‘rsatish taqiqlanadi. Qolaversa, reklamalarda yosh tasnifi ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda mahalliy vino va pivoning cheklangan reklamasiga ruxsat beriladi

«Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo va vinolarni reklama qilishga ruxsat beradigan qator holatlar belgilab berildi. Bungacha mamlakatda alkogolli ichimliklar reklamasi butunlay taqiqlangan edi.

Reklama to‘g‘risidagi qonun bilan reklama tiliga yangi talablar o‘rnatilmoqda

Prezident tomonidan imzolangan «Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun uch oydan keyin kuchga kiradi. Hujjat bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan yangi talablar belgilab berilmoqda.

MB asosiy stavkani 16% etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgiladi. Mart oyida asosiy stavka 14 foizdan 17 foizgacha ko‘tarilgandi. Shundan so‘ng, MB asosiy stavkaning 16 foizga tushirilishi bo‘yicha tushuntirish berdi.

Jahon banki O‘zbekistonga $142 mlnlik imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonda degradatsiyaga uchragan yerlar va o‘rmonlarni tiklash maqsadida 30 yil muddatga 142 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Bundan tashqari, loyiha doirasida yana ikkita trast fond qo‘shimcha 11 mln dollar yo‘naltiradi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga bir qator vazifalar yuklatilmoqda.

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini optimistik baholadi

Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini 4,3 foizgacha yaxshiladi. Ammo Ukrainadagi mojaro sababli o‘sish oldingi prognozdan pastligicha qolmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston yaqin ikki yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali ikkitomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Tomonlar Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olishdi.

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta hududida shamol kuchayishi, sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.

Bolalar yozgi oromgohlarda dam olishi uchun 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi — XTV

Bolalarni yozgi oromgohlarda dam oldirish tadbirlariga 100 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi XTV. 1131 ta oromgoh bilan 297 mingdan ortiq bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Qolaversa, besh tashabbus doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga 1,2 mlndan ortiq o‘quvchi jalb etiladi.

To‘rtta hududda qo‘shni davlatlardan olib kirilgan giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi

DXX O‘zbekistonning to‘rtta hududida Tojikiston va Qirg‘izistondan yashirincha olib kirilgan giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Tezkor tadbirlarda gumondorlar yonida jami 2,9 kg opiy, 3,9 kg gashish, 3 ming donadan ortiq «Regapen», 380 dona «Tropikamid», 400 dona «Selofen» borligi aniqlandi.

Toshkent viloyatida ikki kishi poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani va Chirchiq shahrida 25 va 20 yoshli fuqarolar poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi. Ulardan birining tug‘ma ko‘rish va eshitish nuqsoni bo‘lgan, ikkinchisi esa telefondan foydalangan holda velosipedda temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.

Poytaxtdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda «Matiz» daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani aytilmoqda.

Andijon shahar hokimi hibsga olingach 26 ta qaror va farmoyishni imzoladi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olingan kuni 24 ta qaror va farmoyish, ertasi kuni esa yana 2 ta hujjatni imzoladi. Ularning aksariyati yer maydonlarini onlayn auksionga qo‘yish bilan bog‘liq. Adliya boshqarmasi «soxtalashtirish ehtimoli» bilan qarorlarning qonuniyligini tekshirmoqda.

Prezident suvdan foydalanish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Prezidentga Surxondaryodagi suv omborlarini modernizatsiya qilish va suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdim etildi. Shavkat Mirziyoyev barcha suv omborlari xavfsizligini yaxshilash, tizimni raqamlashtirish darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan arzon narxdagi un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborilgani aniqlandi. Pop tumanida MJCH rahbari 54,9 tonna, Marg‘ilon shahrida esa xususiy korxona mansabdorlari 10,1 tonna un mahsulotini qimmatroq narxda sotgani ma’lum bo‘ldi.

Yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga naqd pul beriladi

1941−1945 yillardagi urush faxriylari, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bepul oziq-ovqat o‘rniga oyiga BHMning 1 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov oladi.

Futbol: O‘zbekiston Osiyo kubogi saralashini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston milliy jamoasi 2023 yilgi Osiyo kubogiga saralash turnirini Shri-Lanka ustidan yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi — video, foto.