4 iyundagi O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarining RF hududida hamda RF fuqarolarining O‘zbekiston hududida bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri TIV Yuridik ishlar boshqarmasi sharhiga tayanib.

Mazkur bitim 2021 yil 17 iyunda Toshkentda hamda 2021 yil 21 mayda Moskvada imzolangan edi.

Yuqorida qayd etilgan Bitimning 1-moddasiga muvofiq, bir tomonning boshqa davlat hududida vaqtincha yashovchi fuqarolari kiruvchi davlatning vakolatli organlarida 15 kun ichida ro‘yxatdan o‘tish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish) majburiyatidan ozod qilinadi, deyiladi sharhda.

Vaqtinchalik bo‘lish muddati bir tomon davlati fuqarosi boshqa tomon davlati hududiga chegara nazorati organlari tomonidan muhrlangan migratsiya kartasi (yoki pasportga qo‘yiladigan tegishli belgi) bilan kirgan kundan boshlab hisoblanadi.

Shunday qilib, mazkur Bitimda O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tkazish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish) talab qilinmaydigan muddatni 7 kundan 15 kungacha uzaytirish belgilandi. O‘zbekiston hududida bo‘lgan Rossiya fuqarolari uchun ham bu muddat 3 kundan 15 kungacha uzaytirildi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi har ikki davlat fuqarolariga bo‘lgan davlat qonunchiligiga rioya qilishni hamda vakolatli organlarda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tishni (ro‘yxatdan o‘tishni) tavsiya qildi.