8-iyun kuni Eron sharqida sodir bo‘lgan poyezd halokatida 17 yo‘lovchi vafot etdi, 50 dan ortiq kishi esa jarohat oldi, deb FarsNews nashirga tayanib, Al Jazeera xabar bermoqda.

Ertalab, tumanli havoda Tabas shahridan 50 km uzoqlikda yettita vagondan iborat poyezd ekskavator bilan to‘qnashib ketgan. Natijada to‘rtta vagon relsdan chiqib, ag‘darilgan.

Poyezd 350 ga yaqin yo‘lovchini sig‘dira olardi, deb yozadi Al Jazeera nashri. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchli manbalarda turlicha yoritilmoqda: Reuters 60 yo‘lovchi og‘ir yaralangani va 13 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Tabiiy ofat hududi poytaxt Tehrondan — 550 km uzoqlikda joylashgani, aloqa yomonligi aytilmoqda. Voqea joyiga qutqaruvchilar va shifokorlar bo‘lgan vertolyotlar ham yetib kelgan. Mutaxassislar odamlarni vayronalar ostidan olib chiqib, yordam ko‘rsatmoqda. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.