Toshkent shahrida savdo do‘konini noqonuniy tarzda olib berishga uringanlikda gumonlangan fuqaro qo‘lga olindi. Bu DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbrda aniqlandi.

Gumonlanuvchi «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» MCHJning mas’ul xodimlaridan biri ekanligi aytilmoqda. U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bozorning xaridorlar gavjum bo‘ladigan hududidan joy olib berishiga ishontirgan.

Mas’ul xodim buning evaziga esa 10 ming AQSh dollari talab qilganligi, ushbu mablag‘dan 8,5 ming dollarini olganida ushlangani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxsga nisbatan JKning 168-moddasi (Firibgarlik) va 28,211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.