3 iyun kuni Yapon bog‘ida Agrobank ekotizimi doirasida ikkita yangi loyihaning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi:

Mahsulotlar yer egalari, fermerlar, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun bank tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish dasturi doirasida yaratilgan.


«So‘nggi yillarda „Agrobank“ o‘zining keyingi rivojlanish strategiyasida ikki narsaga — davlat dasturlari va biznes yo‘nalishini rivojlantirib borishga e’tibor qaratmoqda. Bugun taqdimot qilgan ikkita dasturimiz aynan shularga qaratilgan. Ularni yaratish g‘oyasi 2021 yilda hurmatli prezidentimizning tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlari qabul qilinganidan keyin paydo bo‘ldi. Mazkur qaror bilan „Agrobank“ oldiga shaxsiy tomorqa xo‘jaligida ishlaydigan aholimizning daromadini oshirish, ichki iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, shaxsiy tomorqada yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kafolatli tarzda harid qilish, shuningdek, mahsulotlarni marketplays usulida sotish tizimini yaratish vazifasi qo‘yilgandi», — dedi «Agrobank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Erkin Kaxorov.


Shunday qilib, barcha kerakli xizmatlarni bitta havolaga to‘plagan yangi Agromarkaz loyihasi yaratildi. Bu qishloq xo‘jaligi jarayonlarini yanada moslashuvchan qiladi. Markaz faoliyati esa quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Agrolab — o‘simlik va tuproq diagnostikasi uchun zamonaviy laboratoriya. Yer unumdorligi, oziq moddalarning yetib borishi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish darajasi, namlikning mavjudligi, o‘simliklarni turli hasharotlardan himoya qilish va ularni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi;
  2. Agromarket — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari do‘koni.
  3. Agronom, veterinar va laboratoriya mutaxassisi konsultatsiyasi.
  4. Agromarkaz tasarrufidagi mini-texnika yordamida ferma yoki bog‘larda xizmat ko‘rsatish;
  5. Call Center — yagona raqam bo‘yicha maslahat va xizmatlar olishni tashkillashtirish;
  6. Avtomatlashtirilgan bank xizmatlari markazi.

Loyiha doirasida respublika bo‘ylab 167 ta markaz ochish rejalashtirilgan. Ularning har biri bitta dizayn va uslub asosida quriladi.


Agrozamin-O‘zimizniki — bu mamlakat qishloq xo‘jaligi sektorining biznes jarayonlarini raqamlashtirish uchun yaratilgan ixtisoslashgan chakana savdo maydonchasidir.

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ular yetishtirgan yoki ishlab chiqargan mahsulotni tez va oson sotish imkoniyati taqdim etiladi.

«Agar Agrozamin O’zimizniki`da mahsulotni sotish mumkin bo‘lsa, mahsulot sotishgacha bo‘lgan davrni nima qilish kerak — bu ko‘pchilikka mavhum. Ushbu vazifani hal etish uchun biz loyihalarni bog‘lashga qaror qildik. Agrozamin O’zimizniki foydalanuvchisi nimadir yetishtirmoqchi bo‘lsa urug‘, ko‘chat yoki boshqa mahsulotlarni buyurtma qilishi mumkin. Siz turgan manzil avtomatik tarzda belgilanadi, buyurtma esa ushbu hududdagi agromarkazga kelib tushadi», — deb so‘zlab berdi boshqaruv raisi o‘rinbosari.

Xaridorlar qulay qidiruv tizimi yordamida kerakli tovarlarni topishi, buyurtma qilishi va sotib olishi mumkin. Veb-sahifa katalogi qishloq xo‘jaligi sohasining 100 dan ortiq yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Savdo maydonchasidan ham veb-sayt orqali, ham Android va iOS platformalari orqali foydalanish mumkin.


Onlayn maslahatchi esa fermer xo‘jaliklari egalariga qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribali mutaxassislar bilan bevosita bog‘lanishda yordam beradi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar ma’lum bir sohadagi malakali mutaxassislar, masalan, agronomlar va veterinariya shifokorlarining maslahatlaridan foydalanishlari mumkin. Muloqot onlayn videokonferensiyada yoki chat orqali yozma ravishda amalga oshiriladi.

«Bundan tashqari, biz yerga ishlov berishdan, tayyor mahsulot bo‘lishigacha turli xizmatlar va mahsulotlarga ehtiyoj tug‘ilishini tushunib yetdik. Shuning uchun biz har bitta viloyatni qishloq xo‘jaliliga ixtisoslashgan tumanlarida Agromarkaz`larni tashkil qildik», — dedi «Agrobank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Erkin Kaxorov.


Erkin Kaxorovning so‘zlariga ko‘ra, bevosita qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga ham ilmiy, ham innovatsiya tomonidan hissa qo‘shish uchun bank bir nechta ekotizim elementlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirmoqda.

«Kelajakda biz qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashish, bilim va ishlab chiqarishni integratsiyalash, IT texnologiyalarini keng jalb qilish bilan bog‘liq ko‘p loyihalarimiz mavjud», — deya ta’kildadi rais o‘rinbosari.


«Agrobank» ATB — O‘zbekistondagi eng yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, 170 ta filial, 146 ta bank xizmatlarini ko‘rsatish markazlari va 498 ta avtomatlashtirilgan bo‘limdan iborat tarmoq tunu kun faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalroq, «Agrobank» yaratilayotgan ekotizimning dastlabki elementlarini taqdim etgandi: «fermerlar maktabi» o‘quv loyihasi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Agrobooks qo‘llanmalar to‘plami, AgroZamin qishloq xo‘jaligi tovarlari va xizmatlarini sotib olish va sotish platformasi hamda Agrolab o‘simliklarni himoya qilish biolaboratoriyasi.

Reklama huquqlari asosida.