O‘zbekiston Respublikasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Yerxususiylashtirish avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun murojaatlar kelib tushish boshlandi.

Mulk huquqini beruvchi birinchi davlat orderi fuqaro Ramz Muxamadiyevning tegishli arizasiga ko‘ra, Qo‘qon shahri, «Yog‘ bozori» MFY, O. Maxmudov ko‘chasida joylashgan o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan 271 kv.m yer maydoni uchun berildi.


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoasi Ramz Erkinovichni Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan «Inson qadri uchun» tamoyili asosida boshlangan islohotlardan birining birinchi samarasi sohibi bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etadi.

Bundan tashqari, qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va ijara huquqi asosida E-auksion elektron savdo platformasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.

1 iyun holatiga respublika bo‘yichajami 22 mingdan ortiq yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 10 mingga yaqini mulk huquqida 1 185 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan jami 140,1 mlrd so‘mga sotildi, shundan mulk huquqi bilan sotilgan yer uchastkalri 68 tani tashkil etadi.

Jumladan, Sam-Maroqand-Oil MCHJ tomonidan E-auksion elektron savdo platformasi orqali Samarqand shahar, «Rasadxona» MFY hududidagi sotib olingan 1 410 kv.m. yer uchastkasi uchun birinchi raqamli «Yer uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi» berildi.


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sam-Maroqand-Oil MCHJ jamoasi va ta’sischilarini shaffof elektron auksion savdolarida ishtirok etib g‘olib bo‘lganliklari bilan qutlaydi.

Agentlik fuqarolar, tadbirkor va ishbilarmonlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini E-auksion elektron savdo platformasi orqali shaffof savdolarda ishtirok etishga hamda umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer maydoniga mulk huquqini rasmiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaydi.

Telegram: t.me/DAVAKTIVUZ

Reklama huquqlari asosida.