O‘zbekiston prezidentining taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Toshkent xalqaro aeroportida uni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Shu yerning o‘zida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

So‘ng Tojikiston prezidenti «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.