Uzbekistan Airports AJ rahbariyatining qarori bilan Urganch xalqaro aeroporti direktori Ruslan Agabullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

U bu lavozimni o‘tgan yilning iyun oyidan buyon egallab kelgan, bungacha esa 2006 yildan beri aeroportda ishlagan. Uni direktor lavozimiga tayinlash chog‘ida Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yosh kadrlarni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidlagandi (Ruslan Agabullayev 1980 yilda tug‘ilgan).

Foto: Javlonbek Umarxo‘jayev / Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports Boshqaruv raisining ekspluatatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Javlonbek Umarxo‘jayev aeroport direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.