Yevropada ilk bor tashkil etilgan Konferensiyalar Ligasi finalida Italiyaning “Roma” klubi hamda Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi to‘qnash keldi.

Albaniya poytaxti Tirana shahridagi Kombetare arenasida o‘tgan bahsda Joze Mourino shogirdlari yagona gol evaziga musobaqa chempioni bo‘ldi. 32-daqiqada Nikolo Dzanolo uzoqdan berilgan Manchinining zarbasini tanasi bilan to‘xtatib, uni darvoza tomon yo‘naltirdi. Uchrashuvda boshqa gollar urilmadi.

Roma safida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov esa o‘yinning 89-daqiqasida Abrahamning o‘rniga maydonga tushdi. Bu uning kar’erasida Yevropada qo‘lga kiritilgan ilk chempionlik sovrini bo‘ldi.


Foto: Getty images

G‘alabadan so‘ng Roma klubi murabbiyi Joze Mourino intervyu vaqtida yig‘lab yubordi va g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Torino klubini 3:0 hisobida mag‘lub etgandan so‘ng kiyinish xonasida men bolalarga biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qildik, Yevropa ligasiga yo‘llanma oldik, dedim. Va bugun biz ishlash uchun emas, balki tarix yozish uchun chiqdik — va biz buni bajardik. Biz boshidanoq Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonishimizni sezgandik. O‘yinlar tobora qiyinlashdi, „Marsel“ va „Feyenoord“ kabi kuchli jamoalar g‘alaba qozonishdi. Lekin bor e’tiborimizni kubokka qaratdik va shu sababli chempionatda ochko yo‘qotdik”, — dedi u Sky Sport nashriga.

Foto: Sports.ru