O‘zbekiston aholisi xalqaro pul o‘tkazmalari yordamida Rossiya banklarining «Mir» kartalariga, MDH banklarining Visa va MasterCard kartalariga pul o‘tkazishlari, elektron hamyon hisoblarini foizsiz to‘ldirishlari mumkin.

Shuningdek, O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga ham pul o‘tkazmalari mavjud bo‘ladi. O‘zbekistondagi bank kartalariga chet eldan pul o‘tkazmalari ya’ni qarama-qarshi yo‘nalishi ham ochiladi.


O‘zbek so‘mlarini ko‘rsatilgan karta/hamyon valyutasiga konvertatsiya qilish to‘lov tizimining kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Qabul qiluvchining hisobi har doim uning valyutasida to‘ldiriladi!

Bundan tashqari, Pay Way xizmati uy-joy kommunal xizmatlari (elektr energiyasi, suv, gaz va axlat yig‘ish), Internet, uyali aloqa, davlat xizmatlari (YHXBB, FHDYO, IIB, e-imzo.uz, UzIMEI, UzTest.uz hujjatlari va jarimalari va boshqalar), o‘yinlar (World of Tanks, «Tanki Onlayn», Galaxy), ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar uchun haq to‘lash imkoniyatini beradi.


Pay Way to‘lov tizimi orqali siz nafaqat O‘zbekiston xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz, balki MDH davlatlarining uyali aloqa kompaniyalari, kabel televideniyasi va boshqa xizmatlarga to‘lovlarni ham amalga oshirishingiz mumkin.

Keshbekni sevuvchilar uchun esa Pay Way ajoyib funksiya tayyorlagan — ilova orqali har qanday to‘lovlarni amalga oshirishda SoliqUz ilovasida skanerlashsiz 1% keshbek avtomatik tarzda hisobingizga tushadi.


Gruziya, Moldova, Ukraina, Qirg‘iziston va boshqa MDH davlatlariga to‘lov kartasi, elektron hamyon hisobini to‘ldirish yoki bank o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun mobil ilovada identifikatsiyadan o‘tish kerak.

Pay Way xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati orqali amalga oshirilgan barcha pul o‘tkazmalari xakerlarning hujumidan mutlaqo himoyalangan. Ular barcha transchegaraviy o‘tkazma talablariga va to‘lov kartalari sanoati ma’lumotlar xavfsizligi standartiga (Payment Card Industry Data Security Standard) javob beradi.


Barcha shaxsiy ma’lumotlar kuchli shifrlash usullari bilan ishonchli himoyalangan. Xizmat to‘liq xavfsizlik va maxfiylikni kafolatlaydi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan SMS kodlarini hech kimga aytmang. To‘lov tashkilotlari hech qachon qo‘ng‘iroq qilmayli va kod so‘ramaydi.

PayWay mobil ilovasini Google Play va App Store’dan yuklab olishingiz mumkin.

Pay Way to‘lov tashkiloti 2021 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan rasman ro‘yxatga olingan.

Telefon: (+998) 95−200−01−03
Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 136

E-mail: info@1pay.uz
Sayt: 1pay.uz
Facebook: fb.com/payway.uz
Instagram: @payway.uz
Telegram: t.me/paywayuz

Reklama huquqlari asosida.