25 maydan boshlab Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga. Bu kompaniya tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan O‘zbekistonda sakkizinchi shahardir.

“Endi ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarida ishlaydi”, — dedi Yandex Go kompaniyasining Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

Yandex Go mahalliy operatorlar bilan hamkorlik qiladi. Xizmat uchun to‘lovlar naqd pulda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 2018 yil aprel oyida Yandex Go xizmati ishga tushirilgan. Hozirga kelib xizmat Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Samarqand va Buxoro shaharlarida faoliyat olib boradi.