Xitoy O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam ajratadi

O‘zbekiston Xitoydan mamlakatda qo‘shma ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar beg‘araz moliyaviy yordam oladi.

Hokim bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lishi noto‘g‘ri — Sodiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyati, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘lishi noto‘g‘riligini ta’kidladi. «Bu masalani Konstitutsiya bilan yechib qo‘yish kerak», dedi u. Uning ta’kidlashicha, amaldagi Konstitutsiya bilan barcha kutilgan o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Toshkent xalqaro aeroportida pullik «Fast Track» xizmati ishga tushirildi

Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi «Fast Track» xizmati ishga tushirilganini ma’lum qildi. 170 ming so‘m evaziga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish mumkin.

Qo‘qonda Yandex Go xizmati ishga tushirildi

25 may kuni Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati ishga tushdi. Endilikda ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarini qamrab oladi.

Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.

29 may kuni Tashkent Opera Fest’ning tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi

29 may kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 20 kun davomida Toshkent ahlini shod qilib kelayotgan Tashkent Opera Fest bayramining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga tabiiy gaz eksportini ikki baravar oshirdi

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Senat majlisi yana jonli efirda uzatilishi rejalashtirilmoqda

28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.

Jahon banki guruhi O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi

Jahon banki guruhi 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi. U uchta strategik maqsadga qaratilgan — xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va «yashil» iqtisodiy o‘sish hisobiga farovonlikni oshirish va barqaror rivojlanish.

«O‘zbekkonsert»ga yangi direktor tayinlandi

Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.

Yangi gaz hisoblagichlarini sentabrgacha o‘rnatib bo‘lish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.

Jizzaxda seldan talofat ko‘rgan oilalarga uy-joy qurish boshlandi

Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40 nafardan ziyod atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Turnir logotipi tasdiqlandi.

Darya Reznichenko Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida g‘alaba qozondi

Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida Darya Reznichenko uzunlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Pastdarg‘omda 2000 tup marixuana yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi sement saqlash omborxonasida 2000 tup marixuana o‘stirganlikda gumon qilingan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular qo‘lga tushmaslik uchun omborxonaga o‘t qo‘yib yuborishgan.

Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida kavlangan chuqurdan eski sopol buyum va qabriston qoldiqlari topildi

Samarqandda Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish inshooti qurish uchun yer kavlangani aniqlandi. Kavlangan chuqurdan o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht va qabriston qoldiqlari topilgan.

Rossiyada pilot loyiha doirasida ishga joylashtiriladigan o‘zbekistonlik migrantlar soniga cheklovni olib tashlash rejalashtirilmoqda

Rossiya Mehnat vazirligi xorijliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida O‘zbekistondan Rossiyaga kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozirda ushbu cheklovga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 10 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun bora oladi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Foto: Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi

25 may kuni O‘zbekiston maktablarida 390 ming nafar 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. «Gazeta.uz» poytaxt maktablaridagi tadbirlardan fotoreportaj tayyorladi.

2022 yil bitiruvchilariga murojaat

Vazirlar, deputat, YUNISEF vakolatxonasi rahbari, IT-Park direktori, Inkuzart hamda faol jamoatchilik vakillari 2021−2022 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.

Dunyo bo‘ylab maymun chechagi tarqalmoqda. Yangi pandemiya boshlanishi xavfi bormi?

Yevropa va Amerikaning bir qator mamlakatlarida maymun chechagi kasalligi bilan zararlanish holatlari kuztilmoqda. Bu qanday kasallik, u xavflimi? Uning qanday alomatlari bor? Maymun chechagi qanday paydo bo‘ldi?

Foto: Namangandagi xalqaro gullar festivali qanday o‘tdi?

O‘zbekistonning gullar poytaxti sifatida tanilgan Namanganda 5 iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. 61 yillik bayram munosabati bilan Bobur nomidagi istirohat bog‘iga 2 mln tup gul ekiladi. Bu yil yomg‘irlar bilan o‘tgan festivalning ochilishida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam ham ishtirok etdi.

«O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarim xato bo‘lganligidan hursandman» — Rossiyalik relokantning ilk taassurotlari

Mart oyida Toshkentga ko‘chib kelgan rossiyalik yigit nega O‘zbekistonga ko‘chib kelgani va bu yerda qanday afzalliklar hamda kamchiliklar borligi haqida, shuningdek, Toshkentda yashash davomidagi kuzatuvlari to‘g‘risida hikoya qildi.