Chexiyaning Turnov shahrida o‘tgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro xotira turnirida o‘zbekistonlik Darya Reznichenko uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U 6 urinishdan barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Beshinchi imkoniyatda qayd etgan 6.16 metr natija uni musobaqa g‘olibiga aylantirdi.

Sovrindorlar:

Ludvik Danek yodgorligi Turnov Atletik stadioni, Turnov (Chexiya) 24 may, 2022 yil / Foto: World Athletics

Tokio-2020 ishtirokchisi bo‘lgan Reznichenko uchun bu joriy mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lgani qayd etildi. Turnirda boshqa raqiblar 6 metrdan yuqori natija ko‘rsatmagan.