Qarshi aeroportining aerovokzal kompleksida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Bunda yo‘lovchilar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 dan 400 yo‘lovchigacha oshirib, tashrif buyuruvchilar zalini kengaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, aerovokzalning ikkinchi qavati jo‘nab ketuvchilar uchun mo‘ljallab qayta rekonstruksiya qilinadi.

Ro‘yxatga olish stollari soni 3 tadan 10 tagacha oshiriladi. Shuningdek, aeroportda zamonaviy bagaj tasmalari, elektron tarozilar va yo‘lovchilar uchun boshqa qulayliklar yaratiladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Foto: Transport vazirligi.

Transport vazirligi rekonstruksiya qachon boshlanganini va qancha davom etishini ochiqlamagan. Biroq, aeroportni rekonstruksiya qilish uchun uchastkalar 2021 yil mart oyida davlat xaridlari portaliga joylashtirilgandi.

«Gazeta.uz» avvalroq, 2035 yilgacha mamlakat aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini qabul qilgani haqida xabar bergandi. Undagi dasturning birinchi bosqichi 2022−2026 yillarni qamrab oladi hamda Urganch va Farg‘ona vodiysida yangi aeroportlar qurish, Toshkent aeroporti fasadini yangilash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida rekonstruksiya ishlaridan so‘ng ochiq kitob shaklidagi yangi Samarqand xalqaro aeroporti majmuasi ochildi. U soatiga 800 kishiga va haftasiga 120 tagacha reysga xizmat ko‘rsatishga qodir. Boshqa aeroportlardan farqli o‘laroq, terminalga avtomobil orqali yetib borish mumkin va bino panjara bilan o‘ralmagan.