Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan (SSV tarkibiy tuzilmasidagi) «O‘zmedimpeks» DUK direktori Diyorxon Kattaxodjayevdirektori vazifasidan ozod etildi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Bundan tashqari, vazir Behzod Musayev SSVning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish hamda muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimini ham ishdan olishga qaror qilgan.

Bunga esa ularning «xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari hamda tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishdagi sustkashligi» sabab qilib ko‘rsatilgan.