“Toshshahartransxizmat"ning xabar berishicha, avtobuslar va elektrobuslarga endi old eshikdan chiqib, o‘rta va orqa tomondan chiqish joriy etiladi.

Kirish joyida yo‘l haqini haydovchi yonida o‘rnatilgan qurilma (validator)ga transport kartasini tekkizish orqali yoki naqd pulda to‘lash kerak.

Foto: “Toshshaxartransxizmat”.

Qayd etilishicha, qaror yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transportga chiqish va tushirishni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.

Ko‘chalardagi ba’zi elektrobuslarda old eshikka yashil, o‘rta va orqa eshiklarga qizil belgi yopishtirib chiqildi.