Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun qarzi $100 mlndan oshdi

Afg‘oniston O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun $100 mlndan ortiq qarzi borligi ochiqlandi. Energetika va suv resurslari vazirligi qarzni to‘lashda ushbu mamlakatlarga pul o‘tkazishdagi qiyinchiliklar to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi. O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘oniston tomoni o‘tgan yil davomida elektr energiyasi uchun qarzni to‘liq to‘laganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 2606 km uzunlikda beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi

2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 2606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi. Yo‘l manzillari jamoatchilik fikri va takliflari asosida shakllantiriladi.

O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi

FIFAning maxsus turnesi doirasida O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi. 6 iyun kuni o‘tkaziladigan taqdimot doirasida futbol yulduzlari — Kristian Karambyo va Karles Puyolning ishtirok etishi kutilyapti.

Anomal issiq va quruq kunlar soni ortib bormoqda — O‘zgidromet

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda anomal issiq kunlar soni yiliga me’yordagi 15−30 kundan 25−40 kungacha ko‘paydi. Qurg‘oqchilik davri davomiyligi ko‘p yillik o‘rtacha 30−70 kundan 50−80 kungacha ko‘tarildi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Bir oy ichida muomaladagi naqd pullar rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi

Aprel oyida muomaladagi naqd pullar hajmi rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi. Markaziy bank avvalroq mart oyining ikkinchi yarmida boshlangan naqd pulga bo‘lgan talab keskin oshgani haqida xabar bergan edi.

Germaniyaning SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish taklifi bildirildi

Germaniyaning tashkilotlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda o‘zining mintaqaviy ofisini ochish taklif etildi.

Navoiyda sport anjomlari 1,4 mlrd so‘mga qimmat narxda sotib olingani aniqlandi

Navoiy viloyati XTB sport anjomlarini haqiqiy bahosidan 787,8 mln so‘mga, viloyatning sobiq turizm va sport bosh boshqarmasi mansabdorlari esa 598,9 mln so‘mga qimmatroq sotib olgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aziz Abduhakimov SHHT turizm vazirlariga doimiy muvofiqlashtiruvchi guruh tuzishni taklif qildi

Aziz Abduhakimov SHHTga a’zo mamlakatlar turizm vazirlariga o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish maqsadida doimiy muvofiqlashtiruvchi guruh tuzishni taklif qildi. Guruhga turizm vazirlari o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi va davlatlar o‘rtasida eng ommabop turistik yo‘nalishlar xaritasini tuzib chiqadi, transchegaraviy sayyohlik almashinuvi imkoniyatlarini o‘rganadi. Qolaversa, vazir qo‘shma turistik yo‘nalishlarni yaratish, elektron tijorat mahsulotlari va xizmatlarini joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

«Logistika biz uchun zaif nuqta». Aziz Abduhakimov turizmni rivojlantirish haqida

Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston yaqin vaqt ichida tez-tez borib turiladigan mamlakatlardan biriga aylanishi, biroq, hozirda «transport logistikasidek zaif nuqtasi» borligini ta’kidladi. U shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun «Yagona turistik brend» yaratish kerakligini aytdi. Bundan tashqari, SHHT mamlakatlari doirasida turistik kompaniyalar va sayyohlarga keshbek taqdim etish taklifi ilgari surildi.

Andijonda o‘z joniga qasd qilishga uringan 5 o‘quvchi qutqarib qolindi

Andijon viloyatida 2022 yilning dastlabki uch oyida 10 nafar maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan. Ulardan 5 nafarining hayoti qutqarib qolingan.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCHda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu o‘zbek boks maktabi tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarda qo‘lga kiritilgan ilk medallardir.

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi

Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.

Andijonda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani yuzasidan izoh berildi

Paxtaobod tumanida maktab o‘qituvchisining 10-sinf o‘quvchisini urishiga o‘quvchining pedagog ko‘rsatmasiga qo‘pol ravishda javob qaytargani sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat Andijon viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.

Namanganda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

Namanganlik 22 yoshli fuqaro Telegram tarmog‘i orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanadi va huquq-tartibot idoralari uning telefonini tekshirish uchun olib qo‘yadi. Bundan xavfsiragan ayblanuvchi Farg‘ona orqali Qirg‘izistonga qochib ketishga uringanida ushlandi. U voqea qanday bo‘lgani va kimdan maslahat olib turganini so‘zlab berdi. Sud unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.