Turkiyaning Istanbul shahrida 8−20 may kunlari bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati. Bu o‘zbek boks maktabi tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida erishilgan ilk medallardir.

Aziza Yoqubova -50 kilogramm vazn toifasida terma jamoa hisobiga ilk bronza medalini keltirdi. Yarim finalda u kolumbiyalik raqibi Ingrit Valensiyaga yutqazib qo‘ydi (1:4).

Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva. Foto: IBA.

+81 kilogrammdan yuqori vazn toifasida ishtirok etgan Mohira Abdullayeva ham bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mohira jangning birinchi raundida jarohat olib, uchrashuvni davom ettira olmadi va hakamlar uning raqibi marokashlik Xayja Mardiga muddatidan avval g‘alaba qayd etishdi.